ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

❗️Farg'onada otaliqqa olingan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Yoshlar dastlab boshqarma va bo'limlarda adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

Shundan so‘ng yoshlar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida yoshlar boshqarma hamda adliya bo'limlarining tarkibiy bo'linmalari - YXKM, DXM, FHDYO faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkillandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi belgilandi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining (Shveysariya) “Утёнок” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida joylashgan “S.D.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.D.” YTT tomonidan “Утёнок” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “S.D.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish va kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati yuklandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining vakili sudga murojaat qildi va adliya organlari tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 05.09.2025-yildagi qarori bilan “S.D.” YTTga o‘zida mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida import va eksport qilish, sotish, savdoga taklif etish, har qanday fuqarolik muomalasiga kiritish hamda shu maqsadda saqlash taqiqlandi va huquqbuzardan 2 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli va 11 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔹
Joriy yilning 16-sentyabr kuni “Navoiy erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasida Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlar bilan intellektual mulk sohasida qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuvda intellektual mulk obyektlarini muhofaza hamda himoya qilish bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik masalalari kuchaytirilayotganligi xususida ham so'z bordi.

🔹
Uchrashuvda tadbirkorlarning tovar va xizmat ko'rsatish belgilarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan 2 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
🇸🇬 Huquq sohasidagi xorijning ijobiy tajribasi bilan tanishish jarayonlari davom etmoqda!

♻️ Adliya xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari mashhur yuridik firma - "Squire Patton Boggs" yuridik firmasida bo‘lishdi.

🔰Jarayon chog‘ida

advokatura va huquqiy yordam ko'rsatish tizimi;
huquq sohasidagi zamonaviy tendensiyalar;
tomonlar o'rtasida ikkitomonlama hamkorlik va malaka oshirish hamda stajirovka dasturlarini tashkil etish;
Institut o'quv jarayonlarga yuridik firma mutaxassislarini jalb etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

❗️Tinglovchilarning huquq sohasidagi tegishli tashkilotlarda bo‘lishlari va tanishuv amaliyoti davom etmoqda!


minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳрида 30 дан ортиқ нуфузли ташкилот ва 200 га яқин халқаро экспертлар иштирокидаги “Камбағалликдан фаровонлик сари” халқаро форумининг очилишида нутқ сўзламоқда.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда камбағалликни қисқартириш бўйича учинчи бор ўтказилаётган халқаро анжуман иштирокчиларини самимий қутлади. Тадбирда иштирок этаётган Ислом тараққиёт банки президенти Муҳаммад Ал-Жассир, Осиё тараққиёт банки вице-президенти Инмин Янг, Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги бош вице-президенти Сачико Имото, Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Марказий Осиё бўйича махсус вакили Каха Имнадзе, Жаҳон банкининг камбағалликни қисқартириш бўйича глобал директори Луис Фелипе Лопез-Кальва ва барча меҳмонларга миннатдорлик билдирди.

Президентимиз инсоният оқибатини олдиндан айтиб бўлмайдиган ўта кескин ва мураккаб даврни бошидан кечираётганини қайд этди. Дунёда геосиёсий, иқтисодий ва ижтимоий беқарорлик тобора ортиб бормоқда. Ер юзида кузатилаётган иқлим ўзгаришлари, сув танқислиги ва пандемиялар туфайли оғир ва машаққатли синовлар пайдо бўлмоқда.

2015 йилдан буён глобал иқтисодий ўсиш суръати ўртача 3 фоизни ташкил этиб, олдинги ўн йилликка нисбатан секинлашди. Оқибатда, агар беш йил олдин дунёда 650 миллион аҳоли камбағалликда яшаган бўлса, бугун уларнинг сони 800 миллиондан ошди.

Бу ҳолат барча давлатлар, халқаро ташкилотлар, умуман, дунё ҳамжамияти олдига янги ва долзарб вазифаларни қўйиб, уларга ечим топиш бўйича тезкор қарорлар қабул қилишни тақозо этмоқда”,

- деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|X
Сўнгги саккиз йилда Ўзбекистонда инсон ҳақ-ҳуқуқини ҳимоя қилиш, муносиб иш жойи билан таъминлаш, даромадини ошириш, турмуш шароитини яхшилашга қаратилган улкан ишларни амалга оширилгани таъкидланди.

Барча саъй-ҳаракатлар ҳар бир инсон, айниқса, ёшлар ва хотин-қизлар ўз салоҳиятини тўлиқ намоён этиши учун шароит яратиш ва имкониятларини кенгайтиришга қаратилди.

Энг мураккаб даврда камбағалликка қарши кураш давлат сиёсати даражасига олиб чиқилиб, умуммиллий ҳаракатга айлантирилди.

Давлатимиз раҳбари ўша пайтда бизда камбағаллик даражасини баҳолаш бўйича аниқ мезон ва методология йўқ бўлганини қайд этди. Жаҳон банки ва БМТ институтлари билан ҳамкорликда халқаро тажриба асосида камбағалликнинг миллий мезонлари ишлаб чиқилдик.

Янгиланган Конституциямизда пенсиялар, нафақалар ва ижтимоий ёрдам миқдори энг кам истеъмол харажатларидан оз бўлмаслиги қатъий белгилаб қўйилди.

Изчил ислоҳотлар туфайли 7,5 миллион аҳоли камбағалликдан чиқарилиб, камбағаллик даражаси 2024 йилда 8,9 фоизга туширилди. Йил якунигача уни 6 фоизгача камайтириш мақсад қилинган.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚠️ ADLIYA OGOHLANTIRADI

⚖️ Endilikda O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini buzish — jinoyat ishi qo‘zg‘atilishga va hattoki ozodlikdan mahrum qilinishga sabab bo‘ladi.

2025-yil 8-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun nafaqat ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi, balki endi jinoyiy javobgarlik ham belgilandi.

Ushbu videorolik orqali joriy yilning 10-noyabridan kuchga kiradigan mazkur Qonun orqali qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga qadamma-qadam to‘xtalib o‘tamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM