ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar joriy
qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

Tadbirda yuridik xizmat va huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔹Adliya vazirligi ishchi guruhi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda mazkur Qonun bilan Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirda nashr etilgan "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" va qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

🔹
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazishda talabnoma topshirishda uslubiy yordam ko'rsatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident farmoni: norma ijodkorligi faoliyatining samaradorlikka yo‘naltirilgan yangi tartibi joriy etiladi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

🏆 Andijon tumanida mini futbol bo‘yicha otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida "Adliya kubogi" musobaqasi tashkil etildi

Andijon tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom bo‘lishlari, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida otaliqqa olingan hududdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.

🎁 Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor deb topilgan jamoalar adliya bo‘limining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

📝Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga 156 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, adliya organlari tomonidan nomma-nom biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlab, doimiy muloqot qilib kelinmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2025-yil 13-21-sentyabr kunlari Adliya organlari xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari uchun Polsha Respublikasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (stajirovka) tashkil etilmoqda.

Stajirovkaga Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchilik qilmoqda.

🔹 Dastur doirasida Polsha Politsiyasi sud ekspertizasi laboratoriyasida Institut tinglovchilari uchun tanishuv amaliyoti tashkil etildi. Unda xodimlar sud ekspertizasi jarayonlari, zamonaviy metodika va uskunalar, xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

🌍 Mazkur amaliyot adliya tizimi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 13 milliondan ziyod daromad solig'i qaytarib berildi.


🔸 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.N manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudiga javobgar tuman soliq inspeksiyasiga nisbatan ortiqcha ushlab qolingan daromad solig'ini qaytarish yuzasidan da'vo arizasi kiritilgan.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlari bo‘yicha soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

🔸 Sudning hal qiluv qarori bilan fuqaroga 13 036 062 so'm miqdorda to'langan daromad solig'i qaytarilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot