ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 765 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 15-sentabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 765 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 1 417 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar joriy
qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

Tadbirda yuridik xizmat va huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔹Adliya vazirligi ishchi guruhi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda mazkur Qonun bilan Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirda nashr etilgan "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" va qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

🔹
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazishda talabnoma topshirishda uslubiy yordam ko'rsatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident farmoni: norma ijodkorligi faoliyatining samaradorlikka yo‘naltirilgan yangi tartibi joriy etiladi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

🏆 Andijon tumanida mini futbol bo‘yicha otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida "Adliya kubogi" musobaqasi tashkil etildi

Andijon tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom bo‘lishlari, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida otaliqqa olingan hududdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.

🎁 Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor deb topilgan jamoalar adliya bo‘limining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

📝Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga 156 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, adliya organlari tomonidan nomma-nom biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlab, doimiy muloqot qilib kelinmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot