ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Yangiqoʻrgʻon tumanida boʻldi.

🔸Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev dastlab, Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🔹Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

🔸Shundan soʻng, adliya vaziri oʻrinbosari tuman hokimi bilan birgalikda yangiqoʻrgʻonlik tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi.

🔹Sayyor qabul davomida 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, masʼullar tomonidan 23 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 9 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 9 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 5 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, Yangiqoʻrgʻon tumani, “Yangibogʻiston” mahallasida yashovchi tadbirkor X. Rahimovning Soliq masalasidagi murojaati ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, “Golden Sunshine AAA” QK "Eldorbek Frutis" masʻuliyati cheklangan jamiyatini karantin xizmatidan ruxsatnoma olish masalasi qoʻshimcha oʻrganish talab qilganligi bois, ish yurituvga olindi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada “Hududdagi eng mashhur brend” aniqlandi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida “Hududdagi eng mashhur brend” tanlovi tashkil etildi.

Online shaklda tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra “ISHONCH” brendi viloyatning eng mashhur brendi sifatida g‘olib bo‘ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Bugun vazirlik mas’ullari Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo'rg'on tumanlari va Kattaqo'rg'on shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔸Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgisi bilan tanishing.

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan navbatdagi tovar belgilar qatorida jahon miqyosida mashhur bo‘lgan “The Voice” teleshousiga tegishli brend nomi ham kiritildi.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang, tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

To'qqiz nafar o'qituvchining ustama pullari to'lab beriladi.

🔸Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumani adliya bo'limi tomonidan tuman 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylardagi bolalar sporti obʼektlarida band boʻlgan ayol sport ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida olib borilgan o'rganish davomida 9 nafar o'qituvchiga 15 foizlik ustama pullarni to'lanmay kelinayotganligi aniqladi.

🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan o'qituvchilarga qarorda belgilangan ustama pullari to'lanadigan bo'ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabiatni_asrang

Bugun odatlarni o‘zgartiring, ertaga sayyorani saqlab qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada adliya organlari harakatlari bilan 3878 nafar xodimning 5,5 mlrd so'mdan ortiq mablag'lari undirib berildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli taʼminlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda tizimdagi adliya bo'limlari tomonidan ham xodimlarning mehnat qonunchiligi bilan belgilangan huquqlarini ta’minlash va buzilgan huquqlarini tiklash borasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan 2025-yil boshidan xodimlarga qonunchilikka asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan tashkilotlarga 119 ta taqdimnoma va sudlarga 111 ta da’vo arizasi kiritilib, xodimlar foydasiga jami 5.5 mlrd so‘mdan ortiq to‘lovlar undirilib, 3878 ta xodimning mehnat huquqlari tiklandi.

Zero, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinishi hamda buzilgan huquqlari tiklanishini kafolatlaydi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fuqorolar_diqqatiga

Yer bor, huquq yo'qmi? Buni hal qilamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklif bering, rag‘bat oling!

Qonunchilik loyihalariga eng ko‘p taklif bergan va takliflari qabul qilingan fuqarolar rag‘batlantiriladi!

Batafsil videoda bilib oling👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot