ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Vazirlik mas’ullari Jomboy, Urgut, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari hamda viloyat FHDY arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔸Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimzida

Jizzax viloyatida huquqiy savodxonlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan "Uzeltexsanoat" uyushmasida intellektual mulkka oid tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida:

🔢Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘zganing tovar (xizmat ko‘rsatish) belgilari, mualliflik, ixtiro va boshqa intellektual mulk obyektlariga nisbatan qonun buzilishlari jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanganligi haqida ma'lumot berildi.

🔢 Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 290-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan adliya organlari tomonidan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan ashyo va hujjatlar xatlanishi tushuntirildi.

🔢Tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirda nashr etilgan "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" va qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib davlat xizmatlaridan arzonroq foydalanish mumkin?

Agar Siz davlat xizmatidan, shu jumladan lisenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali murojaat etsangiz belgilangan davlat boji, yig‘imlar va boshqato‘lovlarni amalga oshirishda tegishli (10 foizlik) chegirmalarga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 O'qish

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️E’LON

🔹Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumanining ayrim hududlarida  elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Kattaqo‘rg‘on tumanining Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Shu bois, Davlat xizmatlari markazida xizmatlar  vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

🔸Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada ushbu uzilishlar bartaraf etilib, bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

📣O'zbekiston tarixida birinchi marta 130 YOSHLI momoning tug'ilganlik FAKTI belgilandi


🔹Gap shundaki, Adliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davomida Buvayda tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Qoraqum" MFYsida amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda (!) tug‘ilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tug‘ilishi qayd etilmaganligi aniqlandi.

🔸Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da'vo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudining Buvayda tumani "Qoraqum" MFYda o'tkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tug'ilganlik fakti belgilandi.

🔹Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Siz avval ham 130 yoshli Huvaydo momo haqida eshitgansiz, lekin momoning 130 yoshda ekanligini isbotlovchi fakt yo'q edi. Ana endi rasman Umarova Huvaydo momo O'zbekistondagi eng yoshi ulug' inson hisoblanadi.

❗️Huvaydo momo Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulug' inson sifatida ham kiritilishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi  bilan hamkorlikda Biznes jarayonlarni modernizatsiyalash (BPR) bo‘yicha ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.

💠 Seminar-treningda latviyalik xalqaro ekspert, BMT vakili Dace Gruberte xonim spiker sifatida ishtirok etdi.

🏢  Seminar-treningda Adliya vazirligi hamda vazirlik va idoralarning davlat xizmatlarini ko'rsatishga ma'sul bo'lgan 30 dan ortiq mutaxassislari ishtirok etdi.

💡Ishtirokchilar davlat xizmatlari ko'rsatishda ortiqcha bosqichlarini qisqartirish, eskirgan tartiblarni qayta loyihalash hamda fuqarolar uchun qulay bo'lgan tezkor yechimlar yaratish yo'nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” elektr energiyasidagi uzilishlar sababli vaqtincha ish faoliyatida emas. Nosozlik bartaraf etilgandan so'ng qo'shimcha axborot taqdim etiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM