ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi

🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxiviga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida, sohada mavjud muammo va kamchiliklar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan xodimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev Chust tumani tadbirkorlari bilan muloqot olib bordi.


Sayyor qabul shaklida tashkillangan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni oʻrganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan toʻsiq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.

Dastlab, Chust tumani adliya boʻlimida boʻlib oʻtgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator masalalarning ijobiy yechimiga doir takliflarni bildirdilar.

Muloqot davomida 15 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, masʼullar tomonidan 16 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 3 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, Chust tumani "Birlik" MFYda yashovchi Sh. Kalonov Xorijiy shaxs PNFL olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, Xorijiy shaxs PNFL olib berilib, roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza qabul qilindi

Kunning ikkinchi yarmida, adliya vaziri oʻrinbosari tumandagi “Namangan metallurgiya zavodi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinadi. Hozirgi kunda 570 nafar ishchi oʻz faoliyatini olib boradi.

Bu yerda ham tadbirkorlar bilan ochiq va samimiy tarzda muloqot tashkil etildi. Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi toʻsiqlar, kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlaridagi muammolar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalari bildirdi.

Mazkur muloqotda, 10 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, 8 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 3 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 2 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yoʻlida amaliy choralar koʻrish taʻkidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Urganch tumani adliya bo‘limi va Urganch shahridagi “Yangihayot” mahallasida bo‘ldi

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev tomonidan Urganch tumani adliya bo‘limi, FHDY, DXM, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarining faoliyati, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi, tizimli muammolar bo‘yicha takliflar eshitildi.

Shuningdek, vaziri o‘rinbosari tomonidan Urganch shahridagi “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” xodimlari bilan uchrashdi hamda amalga oshirilayotgan huquqiy chora-tadbirlar, mahalla yettiligi faoliyatini metodik ta’minlash va ularga qonunchilik hujjatlarini yetkazib borilishi, aholi muammolarining ijobiy hal etilish darajasi tahlil etildi.

Bundan tashqari, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholining bandligi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ajrimlar va oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish masalalari muhokama qilinib, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish va ekspertizalarda raqamli texnologiyalar


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Qashqadaryoda 1 500 nafardan ortiq fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada viloyat bo‘yicha 1 017 nafar fuqarolarning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shu kunga qadar viloyatimizda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha jami 1 533 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Vazirlik mas’ullari Jomboy, Urgut, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari hamda viloyat FHDY arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔸Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimzida

Jizzax viloyatida huquqiy savodxonlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot