ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryo viloyatiga xizmat safarida bo'ldi

🔹Vazir o'rinbosari viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar — sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari xodimlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

🔸Muloqotda sud-ekspertiza sohasidagi islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹Uchrashuv davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, hududiy organlarda ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"BOLALARNING SON SUYAGI PROKSIMAL QISMI DISPLASTIK DEFORMATSIYASINI JARROHLIK YOʻLI BILAN DAVOLASH USULI” nomli foydali model FAP 2753-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

🔹Yaratilgan foydali model tibbiyotda yaʼni, travmatologiya va ortopediyada ishlatiladi. Usul texnik jihatdan sodda hamda nisbatan kamroq shikastlanishi bilan ajralib turadi. U pastki oyoq-qoʻllarni gips bilan immobilizatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi hamda suyaklarning birlashishi uchun qulay sharoit yarata olishi sababli amaliy tibbiyotda keng qoʻllanilishi mumkin.

🔸Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazish, yaʼni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U foydali modelni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik huquqini beradi, bu esa uni insofsiz raqobatdan himoya qilish va foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

🔹Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy targ‘ibot yo'nalishi bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.

🔸Tadbirda Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🔹Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

🔸Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

🔹Tadbirda huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalarini o‘rgandi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov xizmat safari doirasida viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situatsion-tahliliy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸Shuningdek, vaziri o‘rinbosari Guliston shahar adliya bo‘limi binosida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Binoda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, qulayliklar va murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi o‘rganildi.

🔹M.Istamov sohaviy nazorat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontentlar va media materiallarni sodda va xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida o'z tavsiyalarini berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🗓2026-yil 1-yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 30 turdagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi. Xususan,

fuqaro doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi to'g'risida qayd varag'i;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi;
tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo'llanmalar;
083 shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
xo'jalik jamiyatining bankrotligi to'g'risida ma'lumot;
chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikat;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo'llanma;
barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikatni taqdim etish bekor qilinadi.

Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi eng muhim tamoyil adolat va shaffoflik

🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad davlat xizmatlarini ko’rsatishda qonuniylikka erishish salmog'ini oshirish, sohada raqamlashtirishni yanada kuchaytirish orqali "qo'l usuli"dagi amaliyotga chek qo'yish, qonunbuzilishlarni viloyat, tuman, idora va xizmat turi kesimida real vaqt rejimida onlayn monitoring qilish imkonini yaratish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish va shu kabi samarali mexanizmlarni joriy etish bo'yicha takliflar berishdan iboratdir.

🔸Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik boshqarmasi va viloyat, shahar, tuman kommunal xizmat ko’rsatuvxhi tashkilotlar xodimlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o'tkazilib, sohada davlat xizmatlari ko'rsatilishi ahvoli tahlil qilinib, muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

📍Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan Toshkent shahridagi savdo obyektlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

ℹ️Targ‘ibotlar davomida iste’molchilar va tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1080-son Qonunning mazmuni tushuntirilib, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi.

🎯Targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va kontrafakt mahsulotlarning oldini olish ekanligi qayd etildi.

📚Tadbir yakunida esa kontrafakt mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi kataloglar tarqatilib, aholining hushyorligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM