#Namangan_viloyati
#Bir_murojaat_izidan
Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 13 million so'm ustama haqi undirib berildi.
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari toʻla taʼminlanmoqda. Mingbuloq tumani adliya boʻlimi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda.
👉batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_viloyati
#Adliya_aralashgach
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Joriy yilning 10-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarorida belgilangan asosiy yangiliklar, ularning ahamiyati hamda sohaning mavjud imkoniyatlari yuzasidan matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.
❗️Mazkur qaror mamlakatda sud-ekspertlik tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Xususan, Sud-tergov organlari hamda sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvi “E-ekspertiza” platformasi orqali bosqichma-bosqich elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yilishi natijasida tadqiqotlar o‘tkazish muddati 8-15 kunga qisqaradi hamda yiliga 9-10 mlrd so‘m mablag‘ tejaladi. Shuningdek, advokatlarga ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni yuritishda shartnomaga muvofiq advokat so‘rovi asosida ekspertiza o‘tkazish huquqi berildi. Bundan tashqari, Qaror bilan hududlarda o‘tkaziladigan ekspertizalar turlarini ko‘paytirish orqali nomarkazlashtirish masalasi hal etildi.
🔹Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakillari, soha mutaxassislari va olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
🔸Tadbirning ikkinchi qismida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yaqindan tanishtirish maqsadida Press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, markazda tashkil etilgan muzey hamda barcha laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, laboratoriya va bo‘limlar faoliyati taqdimot qilindi.
🔹Bu kabi tadbirlar kelgusida sud-ekspertiza sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Bugun Toshkentda "Deklaratsiyalar muloqoti" II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
✔️Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, IHT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Aldobey, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, LYNC vakili Kris Saypl, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik tadbir turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, bag‘rikenglik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
🇺🇿🤝🇺🇸SMTI va Amerikaning "Love Your Neighbor Community" NNT o‘rtasida Memorandum imzolandi
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
✔️Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, IHT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Aldobey, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, LYNC vakili Kris Saypl, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik tadbir turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, bag‘rikenglik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
🇺🇿🤝🇺🇸SMTI va Amerikaning "Love Your Neighbor Community" NNT o‘rtasida Memorandum imzolandi
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"Endilikda diniy tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy aralashgan davlat organlari mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladi".
🔻Bu haqda “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumida Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i Zikirilla Maxmudov ma’lum qildi.
🔸Qonunchilikka ko‘ra, diniy tashkilotlar ham nodavlat notijorat tashkilotlar singari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari, jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlashlari mumkin.
🔹Shuningdek, huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda adliya organlarining mansabdor shaxslari tegishli davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar.
✔️Ushbu o‘zgarishlar kelgusida diniy tashkilotlarni erkin faoliyat yuritishlari uchun kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤1
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi start oldi!
📅 2025-yil 10–25-sentabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkaziladi.
🔹 Aksiya davomida:
– mahallalarda sayyor qabullar tashkil etiladi;
– seminar-treninglar va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi;
– ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda huquqiy ma’lumotlar keng targ‘ib qilinadi;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqiy muammolari o‘rganiladi;
– tegishli tashkilotlarda o‘rganish va monitoringlar o‘tkaziladi.
🤝 Aksiyani Adliya vazirligi hamda hududiy adliya organlari Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalliy hokimliklar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etmoqda.
✅ Kutilayotgan natijalar:
– ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqiy savodxonligi oshadi;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanadi;
– qonunchilikka amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
📌 Aksiya doirasidagi yangiliklarni bizning kanalimizdan kuzatib boring!

🔸Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi joriy yilning 9-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
🔹Qayd etish kerakki, ushbu qonun loyihasining maqsadi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishdagi aniq tartib-taomillarni belgilash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishdan iborat boʻlib, loyiha bilan quyidagi asosiy jihatlar belgilanmoqda.
– rivojlangan davlatlarning tajribasidan kelib chiqib, Qonunning qoʻllanilish sohasi kengaytirilmoqda. Xususan, davlat nazorati, tekshiruvi tartiblari, fuqarolarning pensiya taʼminoti, harbiy roʻyxatga olish va harbiy xizmatga chaqirish, yer munosabatlari sohalariga tatbiq etilishi aniq belgilanmoqda;
– maʼmuriy tartib-taomillar sohasiga oid arizalar bilan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonun boʻyicha koʻrib chiqiladigan murojaatlarning farq chegaralari aniq belgilab berilmoqda;
– fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish maqsadida Qonun oʻzboshimchalikni taqiqlash, vakolatlarni maqsadga nomuvofiq tarzda qoʻllashni taqiqlash, huquqni qoʻllashni asoslantirmasdan rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi kabi yangi prinsiplar bilan toʻldirilmoqda;
– maʼmuriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanmoqda;
– maʼmuriy organlar tomonidan maʼmuriy ishlarning reyestrini yuritish tartibi va uning mexanizmlari belgilanmoqda;
– maʼmuriy hujjatning haqiqiy deb hisoblanishining hamda bekor qilish, oʻzgartirishning yangi mexanizmi belgilanmoqda.
🔸Mazkur Qonunning qabul qilinishi kelgusida maʼmuriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga hamda ushbu jarayonlarda fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlanishiga xizmat qiladi.
🔹Muhokama natijalariga koʻra, yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev Mingbuloq tumanida fuqarolar bilan uchrashdi.
🔹Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari mahalladagi tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tadbirkor hozirga qadar, ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq, 6 nafar yoshga hunarning sir-asrorlari oʻrgatgan. Bugungi kunda ham 3 nafar doimiy, 5 nafar mavsumiy ishchilar ishlamoqda.
🔸Tadbirkor bilan muloqotda, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan soliq va boshqa imtiyozlar, qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida maʼlumotlar berildi.
🔹Shu kuni, vazir oʻrinbosari tomonidan “Tegirmonboshi” mahallasida “Mahalla yettiligi” hamda aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.
🔸Muloqot davomida mahalla faollari tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy maslahatlar, oilaviy nizolarni bartaraf etish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
🔹Shundan soʻng, mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan muammolarni tingladi. Xususan, fuqarolarning e-auksion orqali yutib olingan yerni boshqa shaxsga notarius orqali oʻtkazish amaliyoti, tugʻilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr, meros, ajrim masalalar yuzasidan 25 ta murojaat tinglandi va 15 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi qolgan 10 ta murojaat esa muddat va oʻrganish talab qilgani bois, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
🔸Masalan, Tegirmonboshi MFY da yashovchi fuqaro Dilshoda Yo'ldasheva taʼlim sohasidagi Milliy sertifikati boʻyicha ustama haqlari toʻlanishi yuzasidan toʻgʻrisidagi murojaati, Oʻzgarish MFYda yashovchi fuqaro Dilnoza Mashrapova gaz tarmogʻiga ulanishda abonent raqamini olish masalasida qilgan murojaati adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
🔹Kunning ikkinchi yarmida, Mingbuloq tumani "Oybek" mahallasi "Mahalla yettiligi" bilan muloqot qilindi.