ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Hamkorlikning yangi ufqlari: “Madad” NNT va Shveysariya Hamkorlik va Rivojlanish Agentligi uchrashuvi!

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

📌ADLIYA ARALASHGACH XODIMLARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.

Shahrisabz shahar adliya bo’limi tomonidan Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari S.R va boshqalarning ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 2018-yilning 1-yanvar kunidan 2024-yilning 1-may kunigacha to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 166 821 064 (bir yuz oltmish olti million sakkiz yuz yigirma bir ming oltmish to‘rt) so‘m pul mablag’lari to’lanmaganligi aniqlandi.

🔺Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro S.R va boshqalarning foydasiga jami 166 821 0604 so‘m ustama pullari undirilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Adliya tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Surunkali alkogolizmni davolovchi vosita” nomli ixtiro IAP 8081-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

Alkogolizm - bu spirtli ichimliklarga patologik ishtiyoq, ularga ruhiy va jismoniy qaramlik bilan tavsiflangan surunkali kasallikdir.


Yaratilgan ixtiro tibbiyotda, xususan, farmakologiya, narkologiya va alkogolizmni davolash uchun ishlatiladi. Ixtironing maqsadi - I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.

Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.

U ixtiroingizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtiroingizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya xodimining bir ish kuni


Loyihaning navbatdagi qahramoni Qashqadaryo viloyati Koson tuman FHDY bo'limi mudirasi Venera Boboyeva

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xalq_orasida

🔹Adliya xalq orasida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 80- son farmoni bilan adliya organlari va xalq orasidagi ko'prik yanada mustahkamlandi.

📹"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tafsiloti videoda...

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Namangan viloyatida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va "Madad" NNT oʻrtasida imzolangan memorandumga asosan 2025-yilning 20-avgust kunidan 25-sentabr kuniga qadar "Huquqiy madad: mahalla yettiligiga" aksiyasi oʻtkazib kelinmoqda.


Mazkur videorolik orqali Pop tumanida aksiya doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlari bilan tanishish imkoni mavjud.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_etirof

Navoiyda yana 151 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi o'n oltinchi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada jami 151 nafar, shundan, G'ozg'on shahrida 29 nafar, Zarafshon shahridan 24 nafar, Karmana va Nurota tumanlaridan 20 nafardan, Navoiy shahar 18 nafar, Qiziltepa tumanidan 16 nafar, Xatirchi tumanidan 15 nafar,   Navbahor tumanidan 6 nafar va Konimex tumanida 3 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 316 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada 71 nafar shaxs adliya organlari ko'magi bilan fuqarolikni qo'lga kiritdi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli taʼminlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, ayni shu yo‘nalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2020-yil 13-mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning maqsadi ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi adliya bo'limlari tomonidan ham bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan 2025-yil boshidan jami 91 nafar shaxsning O'zbekistonda yashaganlik faktini tasdiqlab berish bo'yicha sudga da'vo arizalari kiritilib, shundan 70 nafar shaxs fuqarolikni qo'lga kiritdi. Hozirgi kunda 21 nafar shaxsning ishi sudda ko'rib chiqilayotganligi quvonarli holat, albatta.

Zero, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik - shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini eʼtirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 2025-yil 10-13 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumi bo’lib o’tadi.

➡️Tadbir :
▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Love Your Neighbor Community” (LYNC) nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda,
▪️Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
▪️Islom sivilizatsiyasi markazi,
▪️Tashqi ishlar vazirligi
▪️Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida o’tkaziladi.


🌏Forumda 15 ta mamlakatdan, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya va Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 ga yaqin yetakchi dinshunos, ilohiyotchi olim, ekspert va yuqori martabali shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📚Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratilishidan xabardormisiz?

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.

💸 Subsidiyaning ajratiladigan miqdori: 25-50 mln so'm.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

❗️Subsidiya yakka tartibdagi tadbirkorlarga, respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharlardagi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va shaharchalarda joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 513-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

🤔Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

🤔Ularga taʼlim muassasalarida 2025/2026-o'quv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur stipendiya “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universitetining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.


Taqdirlangan talabalar ro'yxati:

🟢Akmaldinov Yahyobek Xasanboy o‘g‘li (2-kurs)
🟢Bozorov Behruz Ilhomjon o‘g‘li (2-kurs)
🟢Nietbaev Dauletyar Omirbay uli (2-kurs)
🟢Akbarova Mubina Anvarovna (2-kurs)
🟢Xaqberdiyeva Gulira’no Xalimovna (3-kurs)
🟢Ibrohimova Sitora Ilhomjon qizi (3-kurs)
🟢Muxtarov Muslimbek Murodjon o‘g‘li (3-kurs)
🔵Turabbayev Ulug‘bek Elmurod o‘g‘li (3-kurs)

🤔Ushbu stipendiya talabalarga mukammal bilim olish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni oshirish, Adliya organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda kelajakda munosib kasbiy va ilmiy faoliyatini tanlashlarida turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoroda yana 138 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi


Joriy yilning 8-sentyabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 138 nafar fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni uchun ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo'lib, kelgusida yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlar bo'yicha huquqlarni e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot