ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#bu_muhim

🚫Ortiqcha hujjat talab qilish taqiqlanadi

📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.

Misol uchun,
▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
▪️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
▪️kadastr hujjatlari va ularning nusxalari
▪️ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
▪️manzil-ma’lumot axboroti kabi va boshqa ma’lumot va hujjatlarni davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilish bekor qilingan.


‼️Hurmatli fuqarolar! Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati

O‘qituvchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi

🔘Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro A.Bning tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2007-2024-yillar uchun foydalanilmagan mehnat ta’til pullari kompensatsiya qilinmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

🔘O‘rganish natijasida fuqaro A.Bga jami 26 million 622 ming 281 so‘m miqdoridagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar to‘lab berilmagani aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasida aniq belgilab qo‘yilganidek, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha ta’til kunlari uchun kompensatsiya to‘lanishi shart.


🔘Mazkur holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi zimmasiga A.Bga tegishli kompensatsiya pullarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi belgilandi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Selena Marketing International Sp.z.o.o.” kompaniyasining (Polsha) “TYTAN” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari Farg‘ona viloyatida joylashgan “Q.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Q.S.” MChJ tomonidan “TYTAN” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “Q.S.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlaridan “TYTAN” tovar belgilarini olib tashlash, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarlarni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “Selena Marketing International Sp.z.o.o.” kompaniyasining vakili sudga murojaat qildi va adliya organlari tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 25.08.2025-yildagi qarori bilan “Q.S.” MChJga o‘zida mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni o‘z hisobidan yo‘q qilinishi hamda huquqbuzardan 11 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 9 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hudud #Namangan

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Namangan viloyatining Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq tumani adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

🔸Xizmati safarida davomida adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

🔹Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qonunlar Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi

🔹Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlar joriy yilning 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilindi.

1. Qayd etish kerakki, yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qonunchilikka bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy korporativ munosabatlarga oid qoidalarni joriy qilishga qaratilgan.

🔹Shuningdek, Qonunda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning filiali va vakolatxonalarini, sho‘ba va qaram xo‘jaliklarini ochish, kuzatuv kengashining vakolatlari hamda a’zolarini saylash, jamiyat umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining qarorlarini sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilish tartib-taomillari, jamiyat boshqaruv organlari rahbarlarining fidutsiar majburiyatlarini, shuningdek, minoritar va majoritar ishtirokchilarining tushunchasini va ularning jamiyat faoliyatidagi ishtiroki hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlariga oid boshqa bir qator qoidalar nazarda tutilmoqda.

🔹Mazkur Qonun qabul qilinishi jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga, qonunchilikka zamonaviy korporativ munosabatlarni joriy qilishga hamda mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan yer, ta’lim, soliq, raqobat, tadbirkorlik va boshqa sohalarni tartibga soluvchi 12 ta qonun hujjatlaridagi nomuvofiqliklar bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.

🔹Xususan, Qonun bilan “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, Soliq va Shaharsozlik kodekslariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔹Masalan, “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonunga mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini olib kelishni tashkil etish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔹Ta’kidlash lozimki, mazkur Qonunning qabul qilinishi qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliqlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilishiga, huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari ishonchli tarzda himoyasi ta’minlanishiga xizmat qiladi.


🔹Muhokama natijalariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan Qonunlar Oliy Majlis senatorlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | DXM xodimlari uchun o’quv kurslari


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida gazeta nashr etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Huquqiy_mahalla

Huquqiy mahalla doirasida — Yuqori Mudin MFY aholisining 300 ga yaqin huquqiy muammolari o'z yechimini topdi!

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Koson tumanidagi Yuqori Mudin mahallasi huquqiy mahalla sifatida e’tirof etildi.

👥 Mahallada 2818 nafar aholi istiqomat qiladi, jami 604 ta xonadon mavjud bo‘lib, ko‘pchilik aholining asosiy faoliyati — tadbirkorlik.
Loyiha doirasida:

📍aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi;

📅 200 ga yaqin davlat va FHDYO xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

➡️ Shu jarayonda aholining ijtimoiy muammolari ham hal etildi:

Xusanov Murodulla Qo‘chqorovich — 1-guruh nogironiga karset topshirildi.

Bozorova Sadoqat — Yuqori Mudin MFYdan, Koson tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga hamshira sifatida ishga qabul qilindi.

Ergashev Muzaffar Tursunpo‘latovich — nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

👉 “Huquqiy mahalla” loyihasi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat xizmatlarini joylarda tezkor yetkazish va ijtimoiy muammolarni hal qilishdir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot