ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video_bayonot #Vatan_uchun_millat_uchun_xalq_uchun

1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga bag‘ishlangan ‘‘Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!’’ shiori ostida "Yangi Oʼzbekistonni suratlarda kashf etamiz" nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.


Bugun 29-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga bag‘ishlangan ‘‘Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!’’ shiori ostida "Yangi Oʼzbekistonni suratlarda kashf etamiz" nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.

📍Fotoko‘rgazma 5-sentabrcha davom etadi.

BATAFSIL:https://gov.uz/oz/archive/news/view/82005



—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Munosabat

“Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)da texnik nosozliklar hamda ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagan va tizim shtat rejimida ishlab turibdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada “Samarali liderlik” mavzusida trening bo'lib o'tdi.

Davlat xizmatlari markazlari direktorlari va xodimlari uchun Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda "Yaxshi boshqaruv" dasturi doirasida trening o‘tkazildi.

Trening stress menejment, samarali kommunikasiya, mijozga yoʻnaltirilganlik va xodimning emosional intellekti mavzularida bo'lib o'tdi.

Endilikda, har bir Davlat xizmatlari markazi direktorlari o'z xodimlariga aholi bilan muloqot koʻnikmalarini oshirish, stress bilan samarali ishlash usullari, emosional intellekt, nizolarni kamaytirish uchun oʻz hissiyotlarini tushunish va boshqarishni oʻrgatish, jamoada aniq va natijador ishlash maqsadida shu kabi treninglar o'tkazilishi belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан 30 август - 3 сентябрь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади. Давлатимиз раҳбари Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлиси ва "ШҲТ плюс" форматидаги саммитда иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина 30 августа – 3 сентября посетит эту страну с официальным визитом. Глава нашего государства примет участие в заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества и саммите в формате «ШОС плюс».

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #ShHT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi muborak boʻlsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxivarius #anons

🎥 “ARXIVARIUS” ko‘rsatuvining navbatdagi soni O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Toshkent — yer yuzidagi eng yaxshi shahar mavzusida, siz ko‘rmagan noyob arxiv hujjatlari asosida tayyorlandi.

📺Bugun soat 17.00 da “Dunyo bo‘ylab” telekanalida tomosha qiling.

🎥🎥🎥🎥🎥🎥🎥🎥🎥🎥🎥

Очередной выпуск программы “АРХИВАРИУС” был снят на основе редких архивных документов и посвящен к 34-й годовщине независимости Узбекистана на тему Ташкент — лучший город на земле.

📺Смотрите сегодня в 17:00 на телеканале “Дунё буйлаб”

—-
✔️ Официальные страницы агентства "Узархив":
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

“Adliya ayoli” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Tanlovda adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan 19 nafar ayollar ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirishdan iborat.


Birinchi shart “Men haqimda” deb nomlanib, bunda ishtirokchilar 3 daqiqa ichida o‘zining shaxsiy hayoti, ma’lumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari, kitobxonlik salohiyati va boshqa qobiliyatlarini taqdimot orqali yoritib berishdi. Hakmlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar qo‘lga kiritgan yutuqlari, taqdimot qilish qobiliyati, notiqlik mahoratiga ko‘ra baholanishdi.

Ikkinchi shartda ishtirokchilar huquqiy kazuslarga javob berib, o‘z intellektual va kasbiy salohiyatini namoyon etishdi.

Uchinchi shartda ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb taklif taqdim etishdi. Ishtirokchilar ko‘tarilayotgan muammoning dolzarbligi, berilayotgan taklif muammoni hal etish uchun maqsadga muvofiq yechim ekanligi hamda yangiligiga ko‘ra baholanishdi.

Tanlov yakunida har bir shartda o‘z iste’dodi, tashabbuskorligini namoyon etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanishdi.

G‘oliblarga pul mukofoti va sertifikatlar topshirildi.

"Adliya ayoli" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:

1-o‘rin
— Yusupova Faringiz O‘ktam qizi (TDYuU)

2-o‘rin — Sharipova Nargiza Baxtiyor qizi (“Adolat” MHAM)

3-o‘rin — Karimjonova Gulnora Botirali qizi (Namangan viloyat adliya boshqarmasi).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi muborak boʻlsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_bayram

❗️“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ijtimoiy aksiya o'tkazildi.

Aksiya doirasida, Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi inklyuziv ta'limda tahsil oladigan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari holidan xabar olinib, ularga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

Bayram munosabati bu va shu kabi loyihalar barcha tuman, shaharlarda ham o'tkazilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Бугун Тяньцзинь шаҳридаги ШҲТга аъзо давлатлар раҳбарлари кенгаши мажлисида Президент Шавкат Мирзиёев ташкилотнинг сиёсий асосларини мустаҳкамлаш, минтақавий хавфсизлик соҳасида ҳамкорликни кенгайтириш, иқтисодий ва маданий-гуманитар ҳамкорликни ривожлантиришга қаратилган муҳим ташаббусларни илгари сурди.

Жумладан:

ШҲТ институтлари самарадорлигини ошириш ва уни Глобал Жануб давлатлари ҳисобига кенгайтириш;

Ядро хавфсизлиги бўйича декларация қабул қилиш, Ички ишлар вазирлари кенгаши фаолиятини қайта тиклаш, 2030 йилгача гиёҳвандликка қарши кураш дастурини тайёрлаш, «ШҲТ–Афғонистон» мулоқот гуруҳи фаолиятини фаоллаштириш;

Савдони соддалаштириш тартиб-таомиллари тўғрисидаги битимни имзолаш, Стратегик материаллар бўйича минтақавий марказ, Энергетика консорциуми, Венчур компаниялар ва жамғармалар тармоғи ҳамда Махсус электрон инвестиция порталини ташкил этиш;

Шимол–Жануб ва Шарқ–Ғарб йўналишларида транспорт-транзит йўлакларини ривожлантириш, «ШҲТ ягона транспорт макони»ни шакллантириш ва уни «Бир макон, бир йўл» ташаббуси билан уйғунлаштириш;

Иқлим ўзгаришига мослашиш, декарбонизация ва экологик хавф-хатарларни башорат қилиш учун сунъий интеллект технологияларини жорий этишга қаратилган ШҲТ минтақавий платформасини ишга тушириш;

Халқ ижодиёти халқаро фестивалини ўтказиш, «ШҲТ университети» онлайн кампусини ташкил этиш, талабалар ва ёш мутахассислар ўртасида танлов ҳамда олимпиадалар ўтказиш, шунингдек, «Сайёҳлик йўлаги» ва "Тиббиёт туризми альянси" лойиҳаларини амалга ошириш.

Саммитнинг муҳим якунларидан бири сифатида ШҲТ Минтақавий аксилтеррор тузилмаси асосида Тошкент шаҳрида доимий фаолият юритадиган орган — ШҲТга аъзо давлатларнинг хавфсизликка таҳдид ва хатарларга қарши курашиш бўйича Универсал марказини ташкил этиш тўғрисида қарор қабул қилинди. Унинг ҳузурида ШҲТ Ахборот хавфсизлиги маркази ҳам тузилади. Ушбу қарор хавфсизлик соҳасидаги ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқади.

Выступая сегодня на заседании Совета глав государств-членов ШОС в Тяньцзине, Президент Шавкат Мирзиёев обозначил важные инициативы, направленные на укрепление политических основ организации, расширение сотрудничества в сфере региональной безопасности, развитие экономического и культурно-гуманитарного сотрудничества.

В частности:

— повышение эффективности институтов ШОС и расширение организации за счёт присоединения стран Глобального Юга;

принятие Декларации по ядерной безопасности, возобновление Совещания министров внутренних дел, подготовка программы борьбы с наркозависимостью до 2030 года, активизация работы Контактной группы «ШОС–Афганистан»;

подписание Соглашения об упрощении процедур торговли, создание Регионального центра по критическим материалам, Энергетического консорциума, сети венчурных фондов и специализированного электронного портала для инвестиций;

развитие коридоров Север–Юг и Восток–Запад, формирование «Единого транспортного пространства ШОС», сопряжение с инициативой «Пояс и путь»;

запуск Региональной платформы ШОС по вопросам изменения климата, декарбонизации и применению искусственного интеллекта для прогнозирования экологических рисков;

проведение Международного фестиваля народного творчества, запуск онлайн-кампуса «Университет ШОС», организация студенческих конкурсов и олимпиад, реализация проектов «Туристический коридор» и «Альянс медицинского туризма».

Важным итогом саммита стало решение о создании на базе РАТС ШОС в Ташкенте постоянно действующего органа — Универсального центра по противодействию вызовам и угрозам безопасности государств-членов. При нём также учреждается Центр информационной безопасности ШОС. Это решение выводит сотрудничество в области безопасности на качественно новый уровень.

Facebook|Instagram|X