ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Surxondaryo viloyatida xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi

🔸Adliya vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarning "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar davomida "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan innovatsion funksiyalar, jumladan "Yurist Ai" chat-boti, meta usulida hujjat loyihalarini ishlab chiqish hamda eksterritoriallik prinsipi asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish tartibi aniq misollar bilan tushuntirib berildi.

🔸"E-huquqshunos" elektron tizimining muntazam ravishda takomillashtirib borilayotganligi tashkilotlarning kundalik faoliyatida mehnat unumdorligini oshirishga, tashkilotlar tomonidan qabul qilayotgan hujjatlarning sifatini oshirishga xizmat qilishi seminar ishtirokchilari tomonidan e'tirof etildi.

🔹Seminar yakunida tashkilotlarning elektron tizimni takomillashtirish bo'yicha bildirgan takliflari yurituvga olinishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇸🇬 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Singapur huquq vazirligi o‘rtasida 2025–2026-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi.

Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev boshchiligidagi delegatsiya Singapur huquq vazirligi bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, 2021-yilda imzolangan o‘zaro Anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berildi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📄 2025-2026-yillar uchun yangi imzolangan Hamkorlik dasturi quyidagilarni qamrab oladi:
• yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
• xalqaro tijorat nizolarini hal etish hamda Singapur Mediatsiya Konvensiyasi bo‘yicha tajriba almashish;
• davlatlar ishtirokidagi xalqaro nizolarda huquqiy himoya masalalari;
• huquq ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro tajriba;
• Singapur Huquqiy yordam byurosi va O‘zbekistonning “Madad” NNT faoliyatida tajriba almashish.


👉 Mazkur dastur ikki mamlakat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Tashkulov barchani qutlug' ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlarining bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor bo'lganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida o'z samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qo'shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan Qonun qabul qilindi.

🔷Qonunga muvofiq:

🔹NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslarga jarima joriy etiladi, huquqbuzarlik qaytarilsa, jarima miqdori yanada oshiriladi;
🔹Jamoatchilik nazorati natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmagan mansabdor shaxslarga ham ma’muriy javobgarlik belgilanadi;
🔹NNTlar uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada kamaytirildi;
🔹Chet eldan va xalqaro tashkilotlardan olingan mablag‘lar, homiylik xayriyalari hamda boshqa moliyaviy ma’lumotlar oshkora e’lon qilinishi shart etib belgilandi;
🔹Davlat organlari har yili ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat buyurtmasi tanlovlarini o‘tkazadi, shuningdek tashabbusli loyihalar bo‘yicha ham davlat buyurtmasi olish imkoniyati yaratiladi;
🔹Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

🔷Ushbu qonun NNTlar faoliyatiga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan yengilliklarning amaliy ifodasi bo‘lib, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga, ochiqlik va hamkorlik tamoyillarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi haqida bilarmidingiz?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Знаете ли вы о финансовой поддержке негосударственных некоммерческих организаций государственными органами?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿🤝🇸🇬Singapur Xalqaro mediatsiya markazi bilan hamkorlik aloqalari kuchaytirilmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi delegatsiya Singapurda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida Singapur Xalqaro mediatsiya markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, bir qator hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi.

Shuningdek, Toshkent mediatsiya markazi va Singapur Xalqaro mediatsiya markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar faoliyati o'rganildi

🔸Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Jarqo'rg'on hamda Sherobod tumanlari yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va ular tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarning faoliyati bevosita joyiga chiqqan holda o'rganildi.

🔹Bunda birinchi navbatda Markaz hamda tashkilotlar xodimlariga "E-huquqshunos" elektron tizimida joriy etilgan innovatsion funksiyalar, jumladan hujjat loyihalarini eksterritorial prinsip bo'yicha huquqiy ekspertizadan o'tkazish tartibi bo'yicha batafsil tushuntirish berildi.

🔸O'rganish davomida Markaz hamda tashkilotlar xodimlarining kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar aniqlanib, ularni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

🔹Sohani takomillashtirish yuzasidan bildirilgan aniq takliflar vazirlik ishchi guruhi tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM