ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish bo‘yicha suhbat shaklidagi imtihon o‘tkazildi

Suhbat davomida izlanuvchilarning tanlagan mavzusi bo‘yicha bilim darajasi, tahliliy fikrlashi hamda ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalari baholandi.

Imtihon yakunlariga ko‘ra, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar Institut mustaqil izlanuvchiligiga tavsiya etildi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan bayramona kayfiyat!

Samarqand viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlari, xususan, Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi aziz Vatanimizning mustaqillik bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fuqarolarni bayramona kayfiyatda qarshi olmoqda.


🔸Markazga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroga yurtimiz iftixori — Davlat bayrog‘imiz ramzi tushirilgan lentalar taqilmoqda. Bu – nainki bayram ruhini, balki fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🔹Resepshn qismi ham davlat ramzlarimiz, ayniqsa bayrog‘imiz timsolidagi rang-barang sharlar bilan bezatildi. Shuningdek, markazda mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar yangrayotgani xizmatlardan foydalanish uchun kelayotgan aholiga o‘ziga xos kayfiyat ulashmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Samarqand_viloyati

Davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida "Samarali davlat boshqaruvi" dasturi amalda
.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov
ishtirokida Andijonda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo'yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 27-avgust kuni Andijon viloyatida Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy targ‘ibot yo'nalishi bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, Andijon viloyatining davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat va huquqiy axborotni yetkazish yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan joylardagi amaliy muammolar va takliflar bildirildi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida, 1-sentyabr – “Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan yuridik xizmat xodimi vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarayotganligi, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va samarali mehnati uchun bir qator soha xodimlari Andijon viloyati adliya boshqarmasining tegishli faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘lamiga oid taqdimot bilan tanishdi.


Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Asaka tumani "Fayziobod" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" doirasida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlari, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish jarayoni hamda adliya boshqarmasining Huquqiy targ'ibot sohasida 2025-yilning o'tgan 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan taqdimot tayyorlanib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda, aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, huquqiy axborotni sodda va xalqchil uslubda yetkazish, turli ijtimoiy qatlam vakillariga mos yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Andijon viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan "Asaka bo'yin go'shti” va "Andijon do'ppisi" guvohnomalari Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Asaka tuman hokimligi, Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyat boshqarmasi va tadbirkorlik subyektlariga tantanali topshirildi.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonuni ijrosi yuzasidan Asaka tuman "Fayziobod" mahallasida mulk huquqi e’tirof etilgan shaxslarga egalik huquqni tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fuqarolar bayramona kayfiyatda qarshi olinmoqda


Surxondaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida aziz Vatanimizning mustaqillik bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fuqarolarni bayramona kayfiyatda qarshi olmoqda.


🔸Markazga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroga yurtimiz iftixori Davlat bayrog‘imiz ramzi tushirilgan lentalar taqilmoqda. Bu o‘z navbatida bayram shukuhini, fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🔹Davlat xizmatlari markazi binosi davlat ramzlarimiz, ayniqsa bayrog‘imiz timsolidagi rang-barang sharlar bilan bezatildi.

Shuningdek, markazda mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar yangrayotgani xizmatlardan foydalanish uchun kelayotgan aholiga o‘ziga xos kayfiyat ulashmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/surxondaryoadliya