🔹Adliya vaziri dastlab, yangi qurilgan Buxoro viloyati adliya boshqarmasi binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinganligi holatlari, binolardan oqilona foydalanish, nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, energiya resurslaridan foydalanishdagi samaradorlik, qog’oz sarfi va boshqalar xususida taqdimot bilan tanishib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
🔸Shundan so'ng, A.Tashkulov Buxoro tumanidagi “So‘fikorgar” mahallasida boʻlib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi.
❗️So‘fikorgar mahallasida 1 315 ta xonadon mavjud bo'lib, 6 465 nafar aholi istiqomat qiladi. Huquqiy mahalla loyihasi doirasida ushbu mahallada 972 ta huquqiy muammolar aniqlandi.
🔹Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy targʻibotni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
🔸Shuningdek, Buxoro tuman adliya boʻlim boshligʻi 7 oy davomida 7 ta mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlangan muammolar, “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilib hal etilgan murojaatlar haqida taqdimot oʻtkazdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renovatsiya: eski uyni yangisiga almashtiring
“Sayilgoh” podkastida odamlar uchun muhim va foydali mavzu muhokama markazida bo‘ldi.
To‘liq video 👉 https://youtu.be/EA_nG3Ja55w
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Sayilgoh” podkastida odamlar uchun muhim va foydali mavzu muhokama markazida bo‘ldi.
To‘liq video 👉 https://youtu.be/EA_nG3Ja55w
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
🔵 “Quyosh panellarining sirtini avtomatik tozalash qurilmasi” nomli ixtiro IAP 8065-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.
🔵 Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.
🔵 U ixtiroingizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtiroingizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.
🔵 Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Kontinental o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarida fotoelektr qurilmalarning sirtini turli xil ifloslanishlardan ishonchli tozalash imkoniga ega tozalash qurilmasi chang miqdorini avtomatik aniqlash tizimiga ega bo‘lib, quyosh fotopanellar sirtini changdan inson ishtirokisiz tozalash imkonini beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Sirdaryoda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganildi
Adliya vazirligi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatining Boyovut, Guliston, Xovos tumanlari hamda Yangiyer va Shirin shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilib, xizmatlar ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Kogon va G'ijduvon tuman adliya bo‘limlari binosida bo'ldi
🔵 Adliya vaziri Kogon va G'ijduvon tuman adliya bo‘limlariga tashrif buyurdi va adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
🔵 Shundan so‘ng Vazir Kogon shahridagi zamonaviy ko'rinishga ega bo‘lgan davlat arxivida bo'lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni o'rgandi.
🔵 Arxiv xodimlari bilan suhbatda, sohani yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Kogon va G'ijduvon tuman adliya bo‘limlari binosida bo'ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
❗️ To‘yga to‘yona! Bayram arafasida Farg‘ona viloyatida 472 nafar fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi
✅ Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 21-avgust kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
✅ Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 472 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
✅ Ma’lumot uchun, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 727 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
✅ Bundan tashqari Sessiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida qarori qabul qilindi.