ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi faoliyati kompleks o‘rganildi


Adliya vazirligining 2025-yil II yarim yillik ish rejasi ijrosi doirasida joriy yilning 11–18-avgust kunlari Samarqand viloyat adliya boshqarmasi faoliyati kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi.

18-avgust kuni vazir o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari M.Istamov hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida Samarqand viloyat adliya boshqarmasini kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Hay’at yig‘ilishida adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ayrim xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganish davomida aniqlangan juz’iy kamchiliklar joyida bartaraf etildi, qolgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Xodimning 137 232 148 so‘mlik foydalanilmagan mehnat ta'tili pullari undirib berildi.

Muborak tumani, “Ko‘hna shahar” MFYda yashovchi fuqaro Ch.O tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 4-yanvar kuni bekor qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan o'rganib chiqildi.

O'rganish natijasiga ko'ra, adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Natijada, ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning foydasiga 137 232 148 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Vazirlik ishchi guruhi Navoiyda

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev va Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekovlar boshchiligidagi ishchi guruhi Navbahor, Nurota tumanlari va Gʻozg‘on shahrida bo‘lib, adliya bo‘limi faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilishi, davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatilishi, “huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xodimlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Tommy Hilfiger” brendidagi kiyimingiz haqiqiy bo‘lmasligi mumkin!

Qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar iste’molchilarni aldash, tezda boyib ketish maqsadida mashhur kompaniyalarning brendlaridan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki ushbu mahsulotlarni har xil chegirmalar, aksiyalar va boshqacha ko‘rinishlarda sotuvga taklif qiladi.

Iste’molchilar esa o‘ziga tanish bo‘lgan “brend mahsulot”larni “arzonroq” narxlarda sotib oldim deb xursand bo‘ladi, aslida “brend o‘g‘rilari” tomonidan chuv tushirilganligini hattoki sezishmaydi ham.

Adliya organlari tomonidan shunga o‘xshash holat mashhur “Tommy Hilfiger” brendi bilan ham sodir bo‘lishining oldi olindi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” kompaniyasining (Niderlandiya) barchamizga tanish bo‘lgan “Tommy Hilfiger” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “P.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “P.B.” MChJ tomonidan “Tommy Hilfiger” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt trikotaj mahsulotlar sotuvga taklif etilayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “P.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt kiyim-kechak mahsulotlaridan “Tommy Hilfiger” tovar belgilarini olib tashlash, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarlarni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Namangan viloyatida 7 oy davomida 800 mingga yaqin davlat xizmati ko‘rsatildi. Shundan, 45 mingtasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.


👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🔸Vazirlik va idoralarning intellektual mulk sohasini rivojlantirishdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Idoralararo ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔹Yigʻilishda yigirmadan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔸Idoralararo ishchi guruh Tadbir davomida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda sohaga oid ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.

🔹Yigʻilish yakunida Idoralararo ishchi guruhning keyingi faoliyat yoʻnalishlari belgilab olindi, shuningdek, vazirlik va idoralar kesimida tegishli vazifalar taqsimlab olindi.

🔸Mazkur yigʻilish mamlakatimizda intellektual mulk tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qoʻllash va milliy manfaatlarni samarali himoya qilish yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning buzilgan huquqi tiklanib, 25 milliondan ortiq pul mablagʻi undirib berildi.


Kosonsoy tumani Olmazor mahallasida yashovchi fuqaro X.Boltaboyeva Namangan shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ishlab, 2025-yil 19-martdagi buyrugʻi asosida homiladorlik va tugʻruq taʼtiliga chiqqan. Biroq...

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“BOSS” brendidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

Barchamizga ma’lum bo‘lgan “Hugo Boss” brendiga 1924-yilda Germaniyada asos solingan bo‘lib, 2024-yilda kompaniya savdolari 4.3 mlrd. yevroni tashkil etgan. Agar mazkur kompaniya asoschilari ham oson daromad ko‘rish maqsadida boshqalarning “brendini o‘g‘irlash” yo‘lini tanlaganlarida hozirgi kunda dunyoni zabt etgan xalqaro brendlardan biri bo‘lmish “Hugo Boss” mavjud bo‘lmas edi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Hugo Boss A.G.” kompaniyasining (Germaniya) barchamizga tanish bo‘lgan “BOSS” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “J.M.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “J.M.” YTT tomonidan “BOSS” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgidan do‘kon peshlavhasida go‘yoki bu do‘konda “BOSS” brendidagi tovarlar sotilayotganligini ifodalash uchun foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “J.M.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan holda “BOSS” tovar belgisining do‘kon peshlavhasidan olib tashlanilishi ta’minlandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 19-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o'qishda qabul qilindi hamda Senatga yuborildi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda
davlat organlari va tashkilotlarining yoki ular mansabdor shaxslarining o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan qonunga xilof qarori yoxud harakati
(harakatsizligi) yuzasidan jismoniy (yuridik) shaxsga yetkazilgan zararni pul shaklida qoplash;
zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ularning manbalari;
zararni qoplash to‘g‘risidagi sud hujjati va ijro varaqasini sud qarzdor joylashgan yerdagi davlat ijrochisi va hududiy hokimliklarning yuridik xizmatiga yuboradi, bunda inson omili aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, hududiy Kengashlarga davriy hisobot taqdim etib borishi

.

Qonun qabul qilinishi bilan fuqarolarga davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda aybdor mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda regress tartibda undirishning qonuniy asoslari belgilanadi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, mansabdor shaxsning shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda davlat idoralari faoliyatida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish yengillashdi!

Joriy yilning 10-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 427-sonli qaror qabul qilindi. Ushbu muhim hujjatga koʻra, intellektual mulk obyektlarini tasarruf etishga oid litsenziya, sublitsenziya va huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar toʻliq elektron roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oʻtkazildi.

Endilikda foydalanuvchilar adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali shaxsiy kabinetiga kirib onlayn ariza topshirishlari mumkin!

Buning uchun shaxsiy kabinetdagi "Talabnoma yaratish" tugmasi bosilib, "Shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish" bo'limi tanlanadi. Bo'lim ochilgach, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosib onlayn ariza topshiriladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bugun, 19-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
1) litsenziya shartnomasini tuzishning o‘zi tovar belgisidan foydalanganlik deb hisoblanmasligi;
2) tovar belgisi guvohnomasini huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etib, merosxo‘rlari bo‘lmaganda, manfaatdor shaxsning arizasi ko‘ra, sud qarori asosida tugatish;
Ma’lumot uchun: 2023-yilda 3155 ta tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilda 6279 taga yetgan.
3) O‘zbekiston Respublikasiga tegishli tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichni anglatuvchi alohida logotip belgilash;
Ma’lumot uchun: hozirda 3 ta tovar kelib chiqqan joy nomi va 20 ta geografik ko‘rsatkich ro‘yxatga olingan.
4) ixtiro va foydali modellarga talabnomalar Patent kooperatsiyasi shartnomasi bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikkan holda taqdim etilganda, ustuvorlikni so‘rash muddatini 12 oygacha tiklash imkoniyatini yaratib, bu harakatlar uchun patent bojlarini belgilash;
5) EHM dasturi va ma’lumotlar bazasiga oid shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda patent bojini undirish tartibi takomillashtirib, ushbu obyektga doir guvohnomaga o‘zgartirish kiritish uchun patent bojlarini joriy etish;
6) seleksiya yutuqlarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan patent bojlarini 2 barobarga kamaytirish;
7) Apellyatsiya kengashining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mediatsiya institutini qo‘llab-quvvatlash va sud bojlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga ariza berish uchun patent boji miqdorlarini oshirish;
8) intellektual mulk sohasidagi tekshiruvlarni Biznes-ombudsmanni xabardor qilish orqali amalga oshirish;
9) Qonunchilikka “ishonch telefoni” va “call-markaz” tushunchalarini kiritish;
10) “O‘zarxiv agentligi” Adliya vazirligiga o‘tkazilishiga oid texnik o‘zgarishlarni kiritish;
11) sud, raqobat va Milliy gvardiya organlari faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.


🔸Mazkur qonun loyihasi intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tartiblarini yengillashtirishga, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda xalqaro majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini soddalashtirish va ularning davlat organlari bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish xizmat qiladi.

🔹Shuningdek, mazkur qonun loyihasi bilan amaldagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Shunday tadbirkorlardan biri “F.I.” MChJ, tezda boyib ketish va katta foyda olish maqsadida “Inter food plus” MChJga tegishli bo‘lgan “FLASH UP” tovar belgisi bilan tanilgan mahsulotlarni respublikamiz hududiga olib kirishga uringan.

Vaholanki, “FLASH UP” tovar belgisini respublikamiz hududiga olib kirish va sotish huquqlari “Inter food plus” MChJga tegishli bo‘lib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar o‘z vaqtida “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri”ga kiritib qo‘yilgan.

Shu sababli, bojxona organlari tomonidan respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilayotgan 38 ming litr “FLASH UP” mahsulotlari to‘xtatilib, bu haqida huquq egasiga ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan “Inter food plus” MChJ sudga murojaat qildi va Adliya vazirligi tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 30.07.2025-yildagi qarori bilan “F.I.” MChJning xatti-harakatlari intellektual mulk huquqlarining buzilishi deb topildi va 38 ming litr kontrafakt mahsulotlarning yo‘q qilinishi yoki reeksport qilinishi hamda huquqbuzardan 11 mln. so‘m miqdorida sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM