ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akademik litsey faoliyati bilan tanishdi.


Adliya vaziri A.Tashkulov dastlab, akademik litseyda birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, oʻquvchilarni oʻqitishdagi metodikalar hamda yangiliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, joriy oʻquv yiliga tayyorlik, oʻquvchi yoshlarga yaratilgan qulayliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha taqdimotni koʻzdan kechirdi. Taʼlim sifatini yaxshilash, oʻqishga qabul qilingan yoshlarni bilimli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor qaratish kerakligi yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, mazkur dargohda faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilar bilan muloqot olib bordi. Ularni taklif va mulohazalari tinglab, yaratilgan sharoit va imkoniyatdan unumli foydalangan holda ertamiz egalarini bilimli va har tomonlama yetuk shaxs boʻlishida malakali oʻqituvchi-pedagoglarni oʻrni alohida ekanini taʼkidladi.

Akademik litsey faoliyati hamda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirish jarayonida oʻquvchilarga yanada qulay sharoit va sifatli bilim olishlari uchun koʻmaklashishga xizmat qiladigan yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish lozimligini aytib oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan shahridagi “Dashtbogʻ” mahallasida boʻldi.

Dashtbogʻ mahallasi Namangan shahridagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan mahallalarda biri. Bu yerda, 703 ta xonadon mavjud bo'lib, 5012 nafar aholi istiqomat qiladi. Huquqiy mahalla loyihasi doirasida ushbu mahallada 400 ga yaqin huquqiy muammolar aniqlandi.

Adliya vaziri A.Tashkulov mazkur mahallaga tashrif buyurib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy targʻibotni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, Namangan shahar adliya boʻlim boshligʻi 7 oy davomida 7 ta mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlangan muammolar, “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilib hal etilgan murojaatlar haqida taqdimot oʻtkazdi. Adliya vaziri, uyma-uy oʻrganishlarda har bir jihatga alohida eʼtibor qaratish, aniqlangan muammo va masalalarni tegishliligi boʻyicha hal etishga koʻmaklashish kerakligini taʼkidladi.

Shu kuni, adliya boʻlimi tomonidan birlamchi minimal standartlarga rioya qilish holati yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan ham tanishdi. Unda, mahallalardagi mavjud yoʻl belgilar, maktab va bogʻchalardagi minimal talablar va boshqa standartlar boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlar tahlil qilindi. Adliya vaziri bu oʻrganishlar avvalo inson qadri uchun tamoyilini roʻyobga chiqarish mahallalarda aholiga qulay sharoitlarni yaratishda ayni muddao boʻlishini taʼkidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati davlat arxivida boʻldi


Adliya vaziri Namangan viloyatidagi xizmat safari davomida yaqida zamonaviy koʻrinishda qad rostlagan viloyat davlat arxivida boʻlib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi.

Arxiv xodimlari bilan suhbatda, sohani yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidlandi.

Shuningdek, ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi bo’lim boshlig’i Shermatova Anjelika Azalxanovnaga otasi Bekirov Azalxan Muxtasovichning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Aholiga sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_va_yoshlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqandda “Yoshlar ishsizligiga barham berish, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan respublika amaliy seminari"da Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiev ishtirok etib, “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari (Oʻzbekiston tajribasida)” mavzusida nutq soʻzladi.

🔹Taʼkidlandiki, Adliya vazirligi tizimidagi 4 460 nafar yoshlar 1 004 nafar adliya xodimlariga biriktirilgan. Mazkur yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Biriktirilgan yoshlardan 2 013 ta muammolari aniqlanib, shundan 1 653 nafar yoshlarning muammolari ijobiy hal qilingan.

🔹Sh.Rabiev oʻz nutqida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari (Oʻzbekiston tajribasi) va ularni amaliyotda qoʻllash boʻyicha vazirlik tomonidan bugunga qadar bajarilgan ishlar koʻlami bilan tanishtirdi. Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga oid takliflarni bildirdi.

🔹Maʼlumot uchun: Adliya vazirligi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlarda 1 960 dan ortiq chiqishlar, mahallalarda 6 686 ta seminar, davra suhbatlar, “Maʼrifat nuri-Jadidlar”, “Islohotlarga daxldorman” hamda “Mening Vatanim” shiorlari ostida jami 400 dan ortiq targʻibot tadbirlari, “Adliya kubogi”, “Shijoat va gʻayrat” harbiy sport musobaqalari, “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida mini futbol musobaqalari, “Huquqingni bil” va “Huquqiy bilimlar kuni” flesh mob aksiyasi doirasida respublika boʻyicha 2 100 nafar yoshlar ishtirokida “Yoshlar - huquqiy sayli” tashkil qilindi. Mahallalarda uyma-uy yurgan holda 226 mingdan ortiq xonadonga kirilib, huquqiy tushuntirish berildi. 208 ta tuman (shahar)dagi maktablarda oʻqituvchilar va taʼlim oluvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Huquq sinfi” hamda boshqa tadbirlar tashkil etildi.


🔹Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish – faqat huquqni muhofaza qilish organlarining emas, balki butun jamiyatning masʼuliyati. Kompleks yondashuv, yaʼni taʼlim, tarbiya, psixologik yordam, bandlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish birgalikda amalga oshirilsa, jinoyatchilik darajasini sezilarli kamaytirish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zodac" va "Edem" dori vositalarining kontrafakt nusxalari aniqlandi.

Adliya vazirligi tomonidan "Opella Healthcare" (Fransiya) va "Farmak" (Ukraina) kompaniyalarining murojaatlariga asosan 3 nafar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida yuqoridagi farmatsevtika brendlaridan foydalangan holda 3000 ga yaqin kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida jarimalar qo‘llanildi.

🔵Ma'lumot uchun, biologik faol qo'shimchalar da'volash xususiyatiga ega bo'lmagan minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir.

❗️ Hurmatli iste’molchilar, kontrafaktga aldanib qolmang! Zero, o‘zingiz va oilangiz sog‘ligi o‘z qo‘lingizda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ortga qaytmas islohotlar | Toshkent shahri Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aksiya

🪴“Xonam uchun gul” aksiyasi


Adliya vazirligida xodimlar oʻrtasida ekologik madaniyatni shakllantirish va yashil muhit yaratish maqsadida “Xonam uchun gul” aksiyasi oʻtkazildi. Unda barcha xodimlar oʻz xonasiga gul olib kirib, ish joylarini yanada shinam va koʻrkam muhitga aylantirishdi.

🌿Gullar nafaqat ishxonaga nafosat bagʻishlaydi, balki tabiatni asrash yoʻlidagi eng kichik, ammo qimmatli qadam hamdir.

❗️Eslatib oʻtamiz, xodimlarning ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, resurslardan oqilona foydalanish hamda soʻnggi islohotlar haqida tezkor xabardor qilish maqsadida Prezidentning 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qaroriga muvofiq, Adliya vazirligida ekologik targʻibot guruhi tashkil etilgan. Mazkur aksiya ushbu targʻibot guruhi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM