ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ochiq muloqot tashkil etildi

"O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni eʼtirof etish to'g'risida"gi Qonunning Namangan viloyatidagi ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasida vakolatli tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ushbu tadbirda viloyat hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, kadastr organlari, "Hududgaz" taʼminot hududiy boshqarmasi, Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, Soliq organlari, Irrigatsiya tizimi xodimlari va Sanitariya-osoyishtalik va epidemiologiya boshqarmasining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur  yigʻilishda viloyatda Qonun ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda tizimli muammolar tahlil qilindi.

Masʼullarga oʻz vakolatlari doirasida bajarilishi kerak boʻlgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga tizimda yaratilgan yangi texnik imkoniyatlar bilan masʼul xodimlar tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Huquqiy axborotni samarali yetkazish yuzasidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok eting


Huquqiy sayt va telegram kanallarda huquqiy kontentlar yo‘nalishini aniqlab olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havоlаgа kiring.

So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqiga oid targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Mirzaobod tumanida joylashgan “Navro‘z” kichik sanoat zonasi hamda Yoshlar iqtisodiy zonasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari hamda tumandagi faol tadbirkorlar va ishbilarmon yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda intellektual mulk tushunchasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, sanoat namunasi, ixtirolar, shuningdek kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularni himoya qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Surxondaryo_viloyati

Surxondaryo viloyatida adliya organlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining huquqni qo'llash sohasidagi faoliyatini metodik yordam ko‘rsatib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Batafsil videolavhada👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi


🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–188-son qarori bilan Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etilgan.

🔹Unga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘riladigan 17 ta davlat xizmatlari belgilangan.

🔹Shu asosda, Kengash majlisida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra rad etilgan arizalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Eslatma: Apellyatsiya kengashlariga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyulga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🏅Endilikda sport hakamlariga malaka toifasini berish xizmati yangi, yana-da qulay shaklda amalga oshiriladi. Endi bu xizmat proaktiv tarzda, ya’ni ariza talab qilinmasdan, avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.


⚙️ Bu qanday ishlaydi?

Sport tashkilotlari hakam haqidagi ma’lumotlarni “ERP sport” elektron tizimiga kiritadi. Bu ma’lumotlar asosida sport hakamlarining natijalari baholanadi va malaka toifasini berish to‘g‘risida elektron guvohnoma shakllantiriladi.

🕒 Ma’lumotlar to‘liq shakllantirilganidan so‘ng 1 ish kuni ichida guvohnoma yaratiladi va bu haqda hakamga SMS orqali avtomatik xabar yuboriladi.

To'lov amalga oshirilganidan so‘ng, hakam "ERP sport"tagi shaxsiy kabineti orqali malaka toifasi guvohnomasini elektron shaklda yuklab oladi.

💵 Xizmat narxi — 1 BHM.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

🔶Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh maslahatchisi Tursunaliyev Anvarjon Baxodirjon o‘g‘li 2025-yilning iyul oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

🔷Tursunaliyev Anvarjon 2019-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavrini tamomlagan.
🔶Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Andijon viloyat adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

🔹2020-2022-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘yicha bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i, hamda Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

🔹2022-2024-yillarda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi lavozimida ishlagan.

🔹2024-yildan buyon Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔶Anvarjon Tursunaliyev normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab loyihalarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Anvarjon Tursunaliyevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM