Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
🔹Yuqoridagi rasmda "EVRIKA", "TASTELLA", "SUSHi MOTO" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.
🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

🔸Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Bo'stonliq tumanida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🔹O‘rganishlar chog‘ida Ugam va Chirchiq daryolari bo‘yida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilib, tahlil qilindi.
🔸Natijada Bo'stonliq tumani hokimining maxsus farmoyishi qabul qilinib, bir nechta ishchi guruhlar tashkil etildi.
🔹O‘rganishlar davomida 10 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyekti rahbariga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.
🔸Hududda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
🔹O‘rganishlar davom etmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Professional mediator bo‘lishni xohlaysizmi?
📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari:
✅ O‘zbek va rus tillarida
✅ Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma
✅ Xalqaro tajriba asosida
✅ An'anaviy va masofaviy shaklda
👨🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?
🔹 Maripova Sevarxon — O‘zbekistonda professional mediatorlarni tayyorlash kurslari asoschisi, trener-mediator
🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi
🔹 Zafar Raxmonov — Institut dotsenti, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi
🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis
🔹 Medetbaeva Aqsungul — Institut o‘qituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi
🌍 Institut o‘qituvchilari Lee Jay Berman (AQSh) va Liliya Vlasova (Belarus) kabi xalqaro ekspertlardan tahsil olgan.
📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram

🔸Mazkur qonun loyihasi bilan shaharsozlik renovatsiyasi asoslari va maqsadlari, majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.
🔹Qonun loyihasida hech kim renovatsiyada ishtirok etishga majburlanmasligi hamda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi mustahkamlanmoqda, ya'ni shaharsozlik renovatsiyasi loyihasini boshlash uchun barcha huquq egalari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanishi belgilanmoqda.
🔸Loyihada turar va noturar joy mulkdorlariga adolatli kompensatsiya berish tizimi nazarda tutilmoqda. Ya’ni, kompensatsiya shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, boshqa joydan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, turar va noturar joy obyektlarining bozor qiymatida pul mablag‘lari yoki kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllarda berilishi belgilanmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatning xalqchilligini mustahkamlash yo‘nalishida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomani boshlash uchun "so‘rovnoma" so‘zini bosing! 👆🏼
So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

#Adliya_xabari
✅ Shaharsozlik renovatsiyasi tashabbusdan to kalit topshirishgacha
❓ “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida qanday tartib-taomillar nazarda tutilmoqda?
📌 Batafsil👈🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Adliya vazirligi xodimi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi.
Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi katta maslahatchisi O‘tki̇rbek Rivojiddinov AQShning Garvard, Kolumbiya va Nyu-York universitetlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembridj hamda Oksford universitetlari tomonidan huquq magistratura (LL.M.) dasturlariga o’qishga qabul qilindi.
O‘tki̇rbek Rivojiddinov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, universitet bitiruvchilari orasida eng yuqori natijalar ko‘rsatgan besh nafar talabadan biri bo‘lgan. Talabalik davrida u xalqaro huquq sohasida AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvetsiyada O‘zbekiston nomidan turli xalqaro tanlov va anjumanlarda ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishgan.
Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati davomida O‘tki̇rbek xalqaro huquqiy tashkilotlar, yetakchi xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida samarali hissa qo‘shdi.
Adliya vazirligi jamoasi O‘tki̇rbekka kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

U “TDYU stipendiyasi”, “Adliya vazirligi stipendiyasi”, “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” va “JACAFA” xalqaro stipendiyasi kabi bir qator nufuzli stipendiyalar sohibi hamda 3-darajali yurist hisoblanadi.
Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati davomida O‘tki̇rbek xalqaro huquqiy tashkilotlar, yetakchi xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida samarali hissa qo‘shdi.
O‘tki̇rbek QS World University Rankings huquq (Law & Legal Studies) yo’nalishi bo’yicha dunyoda 1-bo’lgan Garvard universitetidan 100 foizlik grant yutib o’z akademik yo‘lini aynan shu nufuzli dargohda davom ettirishga qaror qilgan.
Adliya vazirligi jamoasi O‘tki̇rbekka kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2
#Adliya_xabari
"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasida 1811 nafar xodimning huquqi tiklanib, 2 milliardga yaqin pul mablagʻi undirildi.
Adliya vazirligi tomonidan shu yilning 10-iyunidan – 31-iyul kuniga qadar "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiya oʻtkazildi. Ushbu aksiya aholining mehnat huquqlari borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasida qonuniy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, noqonuniy mehnat munosabatlariga barham berishga qaratilgan.
👉 Batafsil

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Farg'ona viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi
✅Sayyor qabul shaklida tashkillangan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi - tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni o‘rganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan to‘siq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
✅Marg'ilon shahridagi "Hunarmandlar markazi"da bo'lib o'tgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator masalalarning ijobiy yechimiga doir takliflarni bildirdilar.
✅Muloqot davomida 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, mas'ullar tomonidan 40 dan ortiq tadbirkorlarning murojaati qabul qilindi, shundan 16 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, o'rganish talab etilgan 9 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Batafsil lavhada

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam berilmoqda
✅ Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “Bonu Shirinliklari” MCHJga tegishli bo‘lgan “Capitan Miller” brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
✅ Shuningdek, korxonaga tegishli “Deya” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ma'lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
✅ Shu bilan birga, “Basalt Wool” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qadog‘ida qo‘llanilayotgan logotiplarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatildi.
✅ Bundan tashqari, “Arnasoy baliqlari”ni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam berish uchun Arnasoy tuman hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” DUK rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.