ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "EVRIKA", "TASTELLA", "SUSHi MOTO" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi vakillari Bo'stonliqda o‘rganish ishlari olib bormoqda

🔸Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Bo'stonliq tumanida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🔹O‘rganishlar chog‘ida Ugam va Chirchiq daryolari bo‘yida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilib, tahlil qilindi.

🔸Natijada Bo'stonliq tumani hokimining maxsus farmoyishi qabul qilinib, bir nechta ishchi guruhlar tashkil etildi.

🔹O‘rganishlar davomida 10 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyekti rahbariga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.

🔸Hududda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

🔹O‘rganishlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Professional mediator bo‘lishni xohlaysizmi?

📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari:
O‘zbek va rus tillarida
Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma
Xalqaro tajriba asosida
An'anaviy va masofaviy shaklda

👨‍🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?

🔹 Maripova Sevarxon — O‘zbekistonda professional mediatorlarni tayyorlash kurslari asoschisi, trener-mediator
🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi
🔹 Zafar Raxmonov — Institut dotsenti, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi
🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis
🔹 Medetbaeva Aqsungul — Institut o‘qituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi


🌍 Institut o‘qituvchilari Lee Jay Berman (AQSh) va Liliya Vlasova (Belarus) kabi xalqaro ekspertlardan tahsil olgan.

📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan — “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

🔸Mazkur qonun loyihasi bilan shaharsozlik renovatsiyasi asoslari va maqsadlari, majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.

🔹Qonun loyihasida hech kim renovatsiyada ishtirok etishga majburlanmasligi hamda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi mustahkamlanmoqda, ya'ni shaharsozlik renovatsiyasi loyihasini boshlash uchun barcha huquq egalari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanishi belgilanmoqda.


🔸Loyihada turar va noturar joy mulkdorlariga adolatli kompensatsiya berish tizimi nazarda tutilmoqda. Ya’ni, kompensatsiya shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, boshqa joydan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, turar va noturar joy obyektlarining bozor qiymatida pul mablag‘lari yoki kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllarda berilishi belgilanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatning xalqchilligini mustahkamlash yo‘nalishida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomani boshlash uchun
"so‘rovnoma" so‘zini bosing! 👆🏼

So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
#Adliya_xabari

Shaharsozlik renovatsiyasi tashabbusdan to kalit topshirishgacha

“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida qanday tartib-taomillar nazarda tutilmoqda?

📌Batafsil👈🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Brend oʻgʻrisi”dan tovon puli undirilishi belgilandi

Tadbirkor oʻz brendini roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng uni reklama qilishga, ishlab chiqarayotgan mahsuloti yoki koʻrsatayotgan xizmati sifatini oshirishga anchagina mablagʻ sarflaydi, mijozlar ishonchini oqlashga harakat qiladi.

Ayrim noinsof tadbirkorlar esa foyda ilinjida xaridorlar orasidagi mashhur “brendlarni oʻgʻirlash” bilan shugʻullanib, noqonuniy faoliyat yuritadi.

Jumladan, “F.T.” MCHJ “brend oʻgʻirligi” bilan shugʻullangan. Ushbu tadbirkorlik subyekti “Uzum tezkor” MCHJga tegishli boʻlgan “uzum tezkor” va “uzum food” tovar belgisiga oʻxshash “Uzum” koʻrinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlanib, unga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan edi.

“Uzum tezkor” MCHJ huquqbuzardan tovon puli undirishni soʻrab sudga murojaat qildi va sudning 28.07.2025-yildagi qarori bilan “brend oʻgʻrisi” “F.T.” MCHJdan 75 mln. soʻm tovon puli, davlat bojlari va boshqa xarajatlarni hisoblaganda jami 94 mln. soʻm undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Adliya vazirligi xodimi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi.

Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi katta maslahatchisi O‘tki̇rbek Rivojiddinov AQShning Garvard, Kolumbiya va Nyu-York universitetlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembridj hamda Oksford universitetlari tomonidan huquq magistratura (LL.M.) dasturlariga o’qishga qabul qilindi.

O‘tki̇rbek Rivojiddinov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, universitet bitiruvchilari orasida eng yuqori natijalar ko‘rsatgan besh nafar talabadan biri bo‘lgan. Talabalik davrida u xalqaro huquq sohasida AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvetsiyada O‘zbekiston nomidan turli xalqaro tanlov va anjumanlarda ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishgan.

U “TDYU stipendiyasi”, “Adliya vazirligi stipendiyasi”, “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” va “JACAFA” xalqaro stipendiyasi kabi bir qator nufuzli stipendiyalar sohibi hamda 3-darajali yurist hisoblanadi.


Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati davomida O‘tki̇rbek xalqaro huquqiy tashkilotlar, yetakchi xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida samarali hissa qo‘shdi.

O‘tki̇rbek QS World University Rankings huquq (Law & Legal Studies) yo’nalishi bo’yicha dunyoda 1-bo’lgan Garvard universitetidan 100 foizlik grant yutib o’z akademik yo‘lini aynan shu nufuzli dargohda davom ettirishga qaror qilgan.


Adliya vazirligi jamoasi O‘tki̇rbekka kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2