ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Farg'ona shahridagi “Yoshlar” mahallasida bo'ldi


Adliya vaziri o'rinbosari Farg'ona shahridagi “Yoshlar” mahalla fuqarolar yig'inida “Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi.

Muloqot davomida mahalla faollari tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy maslahatlar, oilaviy nizolarni bartaraf etish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ayniqsa, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda "Adliya kuni" , "Huquqiy targ'ibot kuni" kabi loyihalarning muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisining platformasiga yuborilayotgan qonunchilikdagi yangiliklar, qonun, qaror, farmonlarning qisqacha mazmunini ifodalovchi targ'ibot materiallari yuzasidan ham fikr almashildi.

Adliya bo'limi va mahalla o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek muammolarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlarni yanada jonlantirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Qashqadaryo_viloyati

Maxsus reportaj | Adliya tizimidagi islohotlar: sifatli huquqiy yordam va davlat xizmatlari kafolatlanmoqda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_va_yoshlar

❗️Vazir o'rinbosari va yoshlar

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o'rinbosari M.Istamovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda faoliyat olib borayotgan yoshlar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, sportchilar hamda yoshlar faollaridan iborat 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu uchrashuvda hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida suhbatlashildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar hamda o'z fikr-mulohazalari bildirdilar.Shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish, soliq va boshqa sohalardagi normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan o'z takliflarini berdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash va ularning ishchanlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 156 nafar yosh nomma-nom adliya xodimlariga biriktirilgan. Har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash – ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

🔶Bunday tashabbuslar yoshlarning o‘z yo‘lini topishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi va kelajak sari dadil intilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📌Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish davlat xizmati joriy etiladi.


Arizalar “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 20 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 476-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot