ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 29-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 24 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Bekmuxammedov Saydulloxon Akmalxonovich;
O‘rmonov Shoxrux Bobur o‘g‘li;

Buxoro viloyatidan:
Odilov Farxod Fozilovich;

Jizzax viloyatidan:
Shermatov Anvar Xujamberdiyevich;

Toshkent viloyatidan:
Saidaxmedova Sardora Xamidullayevna;

Toshkent shahridan:
Bozorova Feruza O‘ktamovna;
Davranov Ulugbek Djanibekovich;

Farg‘ona viloyatidan:
Po‘latov Shuxrat Raxmatjonovich;

Xorazm viloyatidan:
Solayev Shahriyor Shermat o‘g‘li;

Surxondaryo viloyatidan:
Abdurasulov Sunnatillo Tojimurodovich.


Malaka imtihoni joriy yilning 29-iyul O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Maxsus reportaj |Prezident qarorlari hayotda va nazoratda


Prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar "O'zbekiston24" telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko'rsatuvida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔹Unga ko‘ra, eksperiment tariqasida 25 turdagi davlat xizmatlari bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonuniyligi Apellyatsiya kengashlari tomonidan kollegial ravishda hamda haq undirilmasdan ko‘rib chiqilishi belgilangan.

🔸Shu asosda, joriy yilning 29-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda manfaatdor shaxslarning davlat xizmatlariga oid shikoyatlari ko‘rib chiqilib, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona va izchil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔸Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berishingiz mumkin.

❗️Eslatma: Apellyatsiya kengashlariga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyulga qadar davom etadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔷Adliya vazirligida ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni qabul qilindi.

🏛Mazkur Farmonning mazmun va mohiyatini ijrochilarga tushuntirish va ular orasida ijro intizomiga oid turli takliflarni realizatsiya qilish maqsadida Adliya vazirligi binosida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

🔸Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining 100 dan ortiq xodimlari bevosita hamda 500 ga yaqini videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

📋Tadbirda Hisob palatasi va Adliya vazirligi tomonidan ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar hamda “UNICON SOFT” MChJ tomonidan esa, “Ijro.gov.uz” tizimini texnik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha joriy qilinadigan yangi mexanizmlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

🤝Tadbir yakunida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi mavjud muammolar bevosita ijrochilar bilan muhokama qilindi hamda birgalikda tizimni doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklif bering, rag‘bat oling!

Qonunchilik loyihalariga eng ko‘p taklif bergan va takliflari qabul qilingan fuqarolar rag‘batlantiriladi!

Batafsil videoda bilib oling👆
#Bilasizmi

Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?

Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.

1️⃣ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.

2️⃣ Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.

3️⃣ Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.

4️⃣ Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.

5️⃣ Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

6️⃣ Xizmat ko'rsatganlik uchun BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.

7️⃣ To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.

📱 YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi
PF–80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Chirchiq shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda:

👥 Aholi soni: 173,000+
🏠 Xonadonlar: 51,144 ta

⚖️ Huquqiy mahalla loyihasi doirasida:
5,296 ta uyma-uy yurib o‘rganish o‘tkazilib, 4,481 ta huquqiy muammo aniqlandi. Ulardan 3,951 tasi hal etildi.

Online platformalar orqali jami 497 ta huquqiy muammo kelib tushdi.

Aholining 1,035 nafariga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.

📚 Mahalla yettiligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun:

693 ta metodik qo‘llanma tarqatildi

88 ta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Har bir mahallada “Adliya burchagi” va kutubxona tashkil etildi

🚸 Minimal standartlarni yaxshilash doirasida:

Maktablar atrofida yo‘l belgilar chizildi

Ichimlik suvi sifati o‘rganildi

Maishiy chiqindilarni tashish yo‘lga qo‘yildi

Piyodalar uchun oq va sariq rangli yo‘l chiziqlari chizildi.


Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube