ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Inson resurslarini boshqarish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish yo‘nalishida – “Jizzax tajribasi”


Adliya vaziri A.Tashkulov inson resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish borasida “Jizzax tajribasi” bilan tanishdi.

Taqdimotda:
Inson resurslarini samarali boshqarish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilishning zamonaviy usullari;
karyera modeli asosida xodimlarning vertikal va gorizontal o‘sishi natijadorligi;
anonim so‘rovnoma o‘tkazish hamda rahbar kadrlarning kompetensiyalarini 360 daraja usulida baholash natijalari;
tizimda korrupsiyaviy omillarni oldini olish, bu borada murosasizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari;
xodimlarning ish faoliyatidan mamnunlik darajasi;
timbilding hamda jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirishga doir amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar natijalari muhokama qilindi.

Yakunda, adliya vaziri tomonidan inson resurslarini boshqarish tizimini yangi modellar asosida tashkil etish, bu borada proaktivlik va natijadorlikni oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bekobodda ikkinchi “Huquq sinfi”ochildi

Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Bekobod tumani 55-son umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bu tumanda tashkil etilgan ikkinchi shunday sinf bo‘lib, avval 5-son umumtaʼlim maktabida yo‘lga qo‘yilgandi. Ayni kunda tumanda jami 60 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda huquq fani bo‘yicha 80 nafar o‘qituvchi yoshlarga taʼlim beradi.
Ochilish marosimida adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Dadajonovlar huquq fani o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy taʼlimni yana-da takomillashtirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Mazkur tashabbus yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from ERKIN BOZOROV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DARDI HOL

Hujjat bor xotirjamsiz! Uyingizni qonuniylashtirishni kechiktirmang!

Bir martalik to’lov va soliqlarni to’lab, uyingizni qonuniylashtiring!

@adliyayangiliklari
🔴 Kontrafakt dori ishlab chiqaruvchisiga chora ko‘rildi!

Adliya vazirligiga Ukrainadagi “Фармак” kompaniyasiga tegishli “Эдем” tovar belgisiga o‘xshash belgidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va savdoga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Эдем” belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash belgidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha ushbu subyektga nisbatan o‘zganing tovar belgisiga o‘xshash belgidan qonunga xilof foydalanganligi va avval ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 million so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tovar belgilariga oid qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:

BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;

BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;

BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.

🔴Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Taʼlim xodimlarining yillar davomida to‘lanmagan haqlari undirildi!


Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ikki sobiq xodimi — psixolog Sardor Norqulov hamda ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ziyomiddin Muxammadiyev mehnat shartnomasi bekor qilingach, yillar davomida foydalanilmay kelgan mehnat ta’tili pullari o‘zlariga to‘lab berilmaganidan norozilik bildirib, tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📢📢 Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kursiga tinglovchilarni saralab olish bo‘yicha ochiq tanlov e'lon qilindi

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Malaka oshirish vaqti: 2025-yil 8- sentyabrdan - 13- sentyabr.

Malaka oshirish kursi bepul!

Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida uznntma2023@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi ("obyektivka", word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi toʻgʻrisidagi hujjat (buyruq)dan koʻchirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi;
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati.

❗️Arizalar 2025-yil 14-avgustga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish boʻyicha tanlov Nizomi va qoʻshimcha maʼlumotlar www.ngo.uz va @UZNNTMA1 kanalida

☎️ (55) 503-05-12, (33) 202-15-26
#Adliya_sarhisob

Resurslarni tejab ishlating!

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

OLIS HUDUDLARDA “ADLIYA KUNI”

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Kitob tumanining "Qaynar" MFYsida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida "Adliya kuni" tadbiri o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

▪️Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
▪️Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
▪️Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


❗️Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: call-markaz – 1253

Adliya vazirligi:
ishonch telfoni - 1008

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿O‘zbekistonda milliy tartibda 60 000-tovar belgisi ro’yxatdan o’tkazildi.

🔹Koreya Respublikasi "IONPOLIS Co.,Ltd." kompaniyasining "Made in ionpolis Chung:Su" tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazildi va unga MGU 60 000-son guvohnoma berildi.

🔹Brend — kompaniya nufuzi, mahsulot sifati va g‘oyasini namoyish etib, xaridor e’tiborini tortadi. Jarangdor nom esa bozorda ajralib turishning eng qulay usuli.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — brendingiz va biznesingizni raqobatdan himoya qilish, bozorda barqaror o‘sishni ta’minlash uchun zarur qadam.

❗️Esda tuting: tovar belgisi BIRINCHI bo‘lib hujjat topshirgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra tovar belgisining guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi (keyinchalik uzaytirish mumkin).

🔹Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

Qonunchilikka asosan, musiqiy asarlar, xususan, sheʼrlar ham mualliflik huquqi bilan himoya qilinib har qanday sheʼriy asardan foydalanish faqat muallif yoki huquq egasining ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot