ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Kuni kecha, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda viloyat IIB, Mahallar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va badlik, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qo’mitasining hududiy boshqarmalaridan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida "Adliya sayli" tadbiri o‘tkazildi

🔹Mazkur tadbir Nukus shahridagi "Qizil qum" mahallasi aholisini birinchi navbatda yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy muammolarini o'rganish va ularni hal etish maqsadida tashkil qilindi.

🔹Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator, psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilib, bepul tibbiy ko'rik ham tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul o'tkazilib, 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Davlat xizmatlari va FHDY sohasiga taalluqli bo'lgan 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish berilib, o‘z sohalariga yo‘naltirgan holda ijrosi nazoratga olindi.

🔹Bundan tashqari, “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi, hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazmalari, harbiy chiqishlar, sport va “Ranglar jilosi” tanlovi, bolalar uchun o‘yin-kulgu va konsert dasturi namoyish qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Inson resurslarini boshqarish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish yo‘nalishida – “Jizzax tajribasi”


Adliya vaziri A.Tashkulov inson resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish borasida “Jizzax tajribasi” bilan tanishdi.

Taqdimotda:
Inson resurslarini samarali boshqarish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilishning zamonaviy usullari;
karyera modeli asosida xodimlarning vertikal va gorizontal o‘sishi natijadorligi;
anonim so‘rovnoma o‘tkazish hamda rahbar kadrlarning kompetensiyalarini 360 daraja usulida baholash natijalari;
tizimda korrupsiyaviy omillarni oldini olish, bu borada murosasizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari;
xodimlarning ish faoliyatidan mamnunlik darajasi;
timbilding hamda jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirishga doir amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar natijalari muhokama qilindi.

Yakunda, adliya vaziri tomonidan inson resurslarini boshqarish tizimini yangi modellar asosida tashkil etish, bu borada proaktivlik va natijadorlikni oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bekobodda ikkinchi “Huquq sinfi”ochildi

Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Bekobod tumani 55-son umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bu tumanda tashkil etilgan ikkinchi shunday sinf bo‘lib, avval 5-son umumtaʼlim maktabida yo‘lga qo‘yilgandi. Ayni kunda tumanda jami 60 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda huquq fani bo‘yicha 80 nafar o‘qituvchi yoshlarga taʼlim beradi.
Ochilish marosimida adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Dadajonovlar huquq fani o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy taʼlimni yana-da takomillashtirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Mazkur tashabbus yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot