ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#TDYU_bitiruvchisi_2025

“Xalqlar doʻstligi” saroyida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi.

🔹Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov, Oliy sud raisi B.Islomov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari R.Xakimov, Bosh prokuror o'rinbosari S.Artikova, Korruspiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov hamda universitet professor-oʻqituvchilari, bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

🔸Marosim avvalida adliya vaziri A.Tashkulov bitiruvchilarni hayotlarining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi o‘quv va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

🔹Marosimda ta’kidlanganidek, ayni paytda universitetda 9128 nafar talaba tahsil olmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini 1315 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan:
▪️359 nafari “Ommaviy huquq” fakulteti;
▪️413 nafari “Jinoiy odil sudlov” fakulteti;
▪️227 nafari “Xususiy huquq” fakulteti;
▪️316 nafari “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti bitiruvchilaridir.


🔹Joriy oʻquv yili davomida TDYU talabalari tarixiy yutuqlari qoʻlga kiritdi, universitet xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egalladi. Jumladan:
▪️“TSUL Jessup” jamoasi uchinchi bor “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition”ning O‘zbekiston milliy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi;
▪️San-Pauluda o‘tkazilgan nufuzli CPR Xalqaro mediatsiya musobaqasida TDYU jamoasi ilk ishtirokidayoq g‘olib bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Eng ko'p o'qilgan qonunchilik hujjatlari

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔸Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning II choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida KPI ko‘rsatkichi belgilanganligi hamda quyi tuzilmalarga tushgan holda vazifa va funksiyalar bajarilishi bo‘yicha amaliy ishlar qilinganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etildi. Xususan:

🔹Qonun ijodkorligi sohasida 91 ta NHH loyihalari vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqildi, Xususan, Shaharsozlik renovatsiyasi, , Bozor nazorati, Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar kabi muhim qonunlar loyihalari tayyorlandi;
▪️huquqiy ekspertiza muddati 7,3 kungacha qisqardi;
▪️qonun hujjatlarini samaradorlik ko‘rsatkichini baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
▪️NHH loyihalarini TSTB avvalgi 74 foizdan 100 foizga yetkazildi;
▪️davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida DXMlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 442 taga yetkazildi;
▪️ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 63 foizga oshib, 12,7 mln. tani tashkil qildi;
▪️davlat xizmatlarini ko‘rsatish o‘rtacha vaqti 6 daqiqaga kamayib, 4 daqiqa bo‘ldi;
▪️"Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining 639 ming ta muammosi hal etilib, 401,7 ming ta birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatildi hamda 27 mingdan ortiq protsessual hujjat loyihasi tayyorlab berildi;
▪️huquqiy targ‘ibot tadbirlari salkam 2,5 barobarga oshib, 580 ming tani tashkil etdi;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida 180 ta hujjat namunasi tayyorlab berilib, 4,6 mln.dan ortiq hujjat loyihasiga huquqiy xulosa berildi;
▪️Markazlar tomonidan kundalik kelib tushgan hujjat loyihalariga shu kunning o‘zida xulosa berilishi natijasida xulosa berish o‘rtacha vaqti 5 soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 soatga qisqardi;
▪️videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirilgan notarial harakatlar 7 baravarga oshib, salkam 100 ming tani tashkil etdi;
▪️1 746 ta yoki 4,5 baravarga ko‘p intellektual mulk obyekti huquqiy himoya qilindi.


🔹Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Galmartdan OTP Bankkacha

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⁉️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?


Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

📑 Arizaga o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

🏛 Xizmat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.

⏱️ Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot