ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#tadbikorlar_bilan_uchrashuv

Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.

🔹Hududdagi tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun manfaatli bo'ldi. Navoiy shahrida bo'lib o'tgan muloqot davomida ular bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.

🔹Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilish, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Farg'onada 165 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 16-iyul kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Furqat, Oltiariq, O'zbekiston, Qo'shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko'prik, Yozyovon, Farg'ona tumanlarida jami 165 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha engash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 78 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan edi.

Qonun ijrosi Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Guliston shahridagi huquq sinfi faoliyati bilan tanishdi

🔸Adliya vaziri Akbar Tashkulov Guliston shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabga tashrif buyurdi.

🔹Vazir sinfda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bunday loyihalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqshunoslik kasbiga qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

🔸Shuningdek, Guliston shahridagi umumta'lim maktablarining "Davlat va huquq asoslari" fani o'qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy ta'limni yanada rivojlantirish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev namanganlik tadbirkorlar bilan muloqot olib bordi

🔸Adliya vaziri o‘rinbosari Namangandagi mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.

🔹Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi to‘siqlar, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

🔸Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 35 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 8 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

🔹Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasida

🔹Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasi tuman markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan. 3128 nafar aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahallada xonadonlar soni 496 tani tashkil etadi. Huquqiy mahalla loyihasi doirasida ushbu mahallada 200 ga yaqin huquqiy muammolar aniqlangan.

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov mazkur mahallaga tashrif buyurib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi. Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔹Shuningdek, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilgan aholi murojaatlari va ularning huquqiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

🔸Tadbir davomida Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallada amalga oshirilgan ishlar taqdimoti namoyish etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM