ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi


O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlarning muammolari va takliflarini joylarda o‘rganish, ularni jadal hal etish, hamda tizimli muammolar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida hududlarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda, tadbirkorlikni rivojlantirishi va soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma'lumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 40 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 13 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan yuridik maslahatlar bayon qilindi.

Tadbir davomida, tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqshunos_oshxonasi

Egizak farzandlarning otasi boshqa boshqa boʻlishi mumkinmi?

🔹DNK nima, u qanday aniqlanadi? Alimentdan qochib “men bepushtman” degan otalar ham bor?! Farzandni sport mashgʻulotlariga berishdan avval ekspertizaga olib borish nima uchun muhim? Otalikni belgilash faqat sud qarori orqali amalga oshiriladimi? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida sud-ekspert mutaxassis tomonidan qiziqarli va dolzarb maʼlumotlar berildi.

To'liq ko'rsatuv 👉🏻 https://youtu.be/WCRhoZZDxAo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Buxoroda tadbirkorlar bilan uchrashdi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 27-maydagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Asadov, shuningdek tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida:
▪️20 ga yaqin tadbirkor qabul qilindi;
▪️5 nafar murojaatchiga joyida huquqiy tushuntirish berildi;
▪️1 nafar tadbirkorning muammosi joyida hal etildi;
▪️11 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

🔹Tadbirkorlar bilan muloqotda:
— Soliq tizimidagi yangiliklar;
— Davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar;
— Investitsiya muhitini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyatida uchrayotgan huquqiy masalalarni hal etishda yuridik yordam ko‘rsatish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

🔹Yakunda ishtirokchilarga biznesni yuritishda yaratilayotgan huquqiy shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari va davlat xizmatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o’rinbosari Kogon shahrida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

🔹M.Istamov Kogon shahridagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Safar davomida Davlat rahbari tomonidan imzolangan PF-80-sonli Farmon bilan adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹Mazkur tadbir doirasida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal qilish borasidagi amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, aholi orasida qonun hujjatlarining yetkazilish darajasi, fuqarolarning qonunchilikdan xabardorligi holati ham atroflicha tahlil qilinib, mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qoraqalpog'istonda 267 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Joʻqorgʻi Kengesning navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Boʻzatov, Kegeyli, Chimboy, Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir, Qonlikoʻl, Shumanoy, Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlarida yashovchi jami 267 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori qabul qilindi.

🔸Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan faqat Qoraqalpog‘iston uchun 119-sonli maxsus Farmon qabul qilinib, shu asosda, shahar va tumanlardagi jami 27 ming 590 ta kadastr hujjati bo‘lmagan turar joylarga egalik qilish huquqi berildi hamda kadastr pasportlari ishlab chiqilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

🔸Bugungi kundagi Qonun ijrosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida 69 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi

🔹 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonun 2024-yil 8-noyabrda kuchga kirgan.

🔸Adliya vazirligi mazkur qonun normalarini mutasaddilarga, aholiga yetkazish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Qonun ijrosi bilan bog‘liq masalalarda ham adliya organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda. 

🔹Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 69 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda 89 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada Jami 89 nafar, shundan Angor tumanida 2 nafar, Bandixon tumanidan 11 nafar, Boysun tumanida 6 nafar, Denov tumanida 4 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 15 nafar, Muzrabot tumanidan 3 nafar, Oltinsoy tumanidan 10 nafar, Sherobod tumanidan 5 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, Termiz shahrida 1 nafar, Termiz tumanida 9 nafar, Uzun tumanida 10 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

🔸Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolarga yechim topiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM