ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Farg‘onada tadbirkorlar bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlarning muammolari va takliflarini joylarda o‘rganish, ularni jadal hal etish, hamda tizimli muammolar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida hududlarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Sayyor qabul tartibida tashkil etilgan uchrashuvda Farg'ona viloyat hokimining birinchi o'rinbosari M. Ubaydullayev ham ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularni qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan soliq va boshqa imtiyozlar, qo'llab-quvvatlash mexanizmlari haqida maʼlumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 80 dan ortiq fuqaro qabul qilindi, shundan 46 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 6 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 9 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taaluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 19 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan yuridik maslahatlar bayon qilindi.

Ta'kidlandiki, tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Farg'ona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlarining muomalasi qonun bilan tartibga solinmoqda

🔸Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

🔹Mazkur qonun loyihasi pirotexnika buyumlarining muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkni himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

🔸Qonun loyihasida xavfli turdagi pirotexnika buyumlarining muomalasiga nisbatan cheklovlar, pirotexnika buyumlarining erkin va cheklangan muomalasi bo‘yicha talablar, xususan xavflilikning III – V toifalariga tegishli pirotexnika buyumlaridan ommaviy tadbirlarda, sanoat va harbiy maqsadlarda foydalanish asoslari belgilanmoqda.

🔹Shuningdek, pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun belgilangan ma’muriy jazo chorasini kuchaytirish hamda portativ lazerli nur tarqatkichlarning qonunga xilof muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

🔸Qonun loyihasining qabul qilinishi pirotexnika vositalari muomalasi sohasida samarali davlat nazoratini o‘rnatish, noqonuniy aylanishining oldini olish, shuningdek iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Madad" NNT tomonidan fuqarolarda adolat va huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy targ‘ibotini oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Huquqiy selfi – Men Femidaman” loyihasi

Batafsil videoda👆🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_tayinlov

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'iga yangi o'rinbosar tayinlandi.

🔸Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga binoan Raximov Sardor Ulashovich Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

🔹Sardor Raximov 1990-yil 3-mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos. 1-darajali yurist.

🔸U mehnat faoliyati davomida:
▪️2017-yilda — Savdo sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi huzuridagi “Qashqadaryo biznes va konsalting xizmat ko‘rsatish” unitar korxonasi rahbari, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi;
▪️2017-yilda — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxiv arxivariusi;
▪️2017-2021-yillarda — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi;
▪️2021-2023-yillarda — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, shoʻba boshlig‘i;
▪️2023-2024-yillarda — Adliya vazirligi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi;
▪️2024-2025-yillarda — Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.


🔹2025-yil 14-iyuldan boshlab — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

🔸Adliya vazirligi jamoasi Raximov Sardor Ulashovichni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul

🏛Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malaksini oshirish instituti mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi!

Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:

📌05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
📌12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
📌12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.


🗂Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi;
- kamida 1 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- ish joyidan tavsifnoma
.

Hujjatlar 2025-yilning 15-avgustiga qadar qabul qilinadi.

🌐Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.

📞(71) 200 02 35 / (71) 233 22 14
📧uzmarkaz@exat.uz / yurmarkaz@adliya.uz

👉@Training_institute_for_lawyers
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi


O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlarning muammolari va takliflarini joylarda o‘rganish, ularni jadal hal etish, hamda tizimli muammolar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida hududlarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda, tadbirkorlikni rivojlantirishi va soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma'lumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 40 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 13 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan yuridik maslahatlar bayon qilindi.

Tadbir davomida, tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqshunos_oshxonasi

Egizak farzandlarning otasi boshqa boshqa boʻlishi mumkinmi?

🔹DNK nima, u qanday aniqlanadi? Alimentdan qochib “men bepushtman” degan otalar ham bor?! Farzandni sport mashgʻulotlariga berishdan avval ekspertizaga olib borish nima uchun muhim? Otalikni belgilash faqat sud qarori orqali amalga oshiriladimi? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida sud-ekspert mutaxassis tomonidan qiziqarli va dolzarb maʼlumotlar berildi.

To'liq ko'rsatuv 👉🏻 https://youtu.be/WCRhoZZDxAo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM