ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi texnik xodimi e’tirof etildi

🔸Adliya vazirligi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Turaev Ibrohim Botir o‘g‘li joriy yilning iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔹Ibrohim Turaev Adliya vazirligida o‘z mehnat faoliyatini 2024-yilda boshlagan bo‘lib, qisqa muddat ichida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.

🔸U “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqlarni rasmiylashtirishda, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tahlil qilishda, shuningdek, tizimni takomillashtirish va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishda faol ishtirok etgan.

🔹Turaev Ibrohim, shuningdek, Davlat rahbarining topshiriqlari ijrosini muvofiqlashtirish, ijro intizomini oshirish va tegishli choralarni belgilashda amaliy ko‘mak ko‘rsatib, xodimlarning malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etgan.

🔸Vazirlik jamoasi Ibrohim Turaevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Samarqand noʻxat shoʻragi” davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida qilinayotgan ishlar holati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida "komplayens" tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.

Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolar e’tibor berishlari kerak bo’lgan holatlar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
#Savol

⁉️Umumta'lim maktablarida huquq fanini o'qitish sifatini yanada oshirish yuzasidan qanday takliflaringiz mavjud?

‼️Izohlarda yozib qoldiring.

📌 Kanalga ulanish:
@huquq_talimi
1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Farg‘onada tadbirkorlar bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlarning muammolari va takliflarini joylarda o‘rganish, ularni jadal hal etish, hamda tizimli muammolar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida hududlarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Sayyor qabul tartibida tashkil etilgan uchrashuvda Farg'ona viloyat hokimining birinchi o'rinbosari M. Ubaydullayev ham ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularni qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan soliq va boshqa imtiyozlar, qo'llab-quvvatlash mexanizmlari haqida maʼlumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 80 dan ortiq fuqaro qabul qilindi, shundan 46 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 6 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 9 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taaluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 19 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan yuridik maslahatlar bayon qilindi.

Ta'kidlandiki, tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Farg'ona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM