ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Joylarda davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul idoralarda (bek-ofis) xizmat koʻrsatishdagi byurokratik omillar oʻrganilmoqda.

🔹Xususan, ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatining Guliston shahri hamda Xovos, Mirzaobod tumanlaridagi maktab va maktabgacha taʼlim, transport, sport, bandlikka koʻmaklashish idoralarida ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, xizmat koʻrsatish jarayonini yanada soddalashtirish orqali davlat xizmatini koʻrsatish samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

🔸Monitoring yakunlari boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniq choralar koʻrilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

"Suyansa bo‘ladigan, orqangda tura oladigan tashkilot bu -ADLIYA ekan. Buni men o‘zimning boshimga tushgan jarayonlarda anglab yetdim" deydi Quva tumanidagi 31-maktab direktori Nargiza Yo‘ldashaliyeva.

🔹Quva tuman adliya bo‘limi tomonidan 31-umumtaʼlim maktabi nomidan sudga davo arizasi kiritildi. Sudda haqiqiy vaziyat ochiqlanib, hujjatlar asoslantirildi va maktab foydasiga sud qarori eʼlon qilindi.  

Batafsil videoda 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatmoqda

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.

🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Joriy yilning 9-iyul kuni Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ul vakillari, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuv  ko‘p kvartirali uylar hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishni huquqiy tartibga solish masalalarini takomillashtirishga bag‘ishlandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasi aholini turar joy bilan ta’minlash, qurilish sohasida investorlar va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ulush kiritish jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida qonun loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator aniq takliflar ishlab chiqildi. Xususan, kelgusida ekspertlar ishtirokida qo‘shimcha muhokamalar o‘tkazish, xalqaro tajriba va milliy huquqiy amaliyotni hisobga olgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda qurilish va ko‘chmas mulk bozorini yanada isloh qilish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash va fuqarolarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar jarayonida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda himoya qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkillashtirildi

🔹Adliya vazirligi va Andijon viloyati adliya boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lish va hunarmandlar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.

🔸Xususan, Andijon shahrida faoliyat olib boruvchi “Lazeez” MChJ umumiy ovqatlanish maskaniga Lazeez xizmat ko‘rsatish belgisiga guvohnoma olish uchun duch kelayotgan muammolarni hal etishda huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, “Mashinasozlik va elektrotexnika” maxsus sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi “Kvanji” MChJ (Kvanji), “Avtospring” MChJ (Kova), “Andijon yashil energiya” MChJ (AYE Solor) belgilarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda huquqiy tushuntirishlar berilib,"K&M” MChJga esa (K&M) belgisini joyida talabnoma topshirishda ko‘maklashildi.

🔸Bundan tashqari, Shahrixon shahrining o‘ziga xos an’analari asosida ko‘p yillar davomida tayyorlanib, O‘zbekistonda mashhurlikka erishgan “Shahrixon pichoqlari”ni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hunarmandlar bilan uchrashib, ularga talabnoma topshirish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Jaloliddin Axmadaliyev jarimaga tortildi.

Аdliya vazirligi tomonidan muallif Shoxrux Abduvoxidovga tegishli bo’lgan “Yurak”, “Meni deb oqardi sochlaring ona”, “Ko‘zlaringni qizg‘anma mendan” va “Barchasini Xudoga soldim” nomli she’rlar ijrochi Jaloliddin Axmadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Farg'ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!


Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM