ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Baliqchi tumanida yuridik xizmat ko'rsatish va huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹Adliya vazirligi o'rinbosari Sh.Rabiyev Baliqchi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida bo'lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori yuzasidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini yetkazilishi hamda huquqiy targ'ibotni amalga oshirish masalalari o'rganildi.

🔹Shu bilan birgalikda, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

❗️Ma'lumot uchun:  edo.ijro.uz platformasi orqali bugungi kunga qadar davlat va jamiyat hayoti uchun muhim hisoblangan 14 ta Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta Farmoni, 23 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 39 ta qarori, turli vazirlik va idoralarning 15 ta hujjati tizim orqali viloyat va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Nurafshon shahrida adliya tizimiga oid qator muassasalar faoliyati bilan tanishdi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Nurafshon shahriga tashrifi davomida adliya tizimining bir nechta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🔹Tashrif davlat xizmatlari ko‘rsatish markazida boshlandi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, jarayonlarning avtomatlashtirilganligi hamda fuqarolar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan yondashuvlar o‘rganildi.

🔹Mazkur markazda ikki yo‘nalishda taqdimot qilindi:
▪️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari;
▪️Adliya organlari faoliyatini yoritish, axborot xizmatlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar.

🔹Shundan so‘ng, Adliya vaziri X.Sulaymonova nomidagi Sud ekspertizasi markazi Nurafshon filiali faoliyati bilan tanishdi. Markazda ekspertiza yo‘nalishida mavjud sharoitlar, texnik baza va kadrlar salohiyati ko‘rib chiqildi.

🔹Tashrif davomida elektron tizimlar bo‘yicha ham alohida muhokamalar o‘tkazildi:
▪️ “E-Qaror” axborot tizimi doirasida hokim qarorlarining monitoringi amaliyoti adliya bo‘limida ko‘rib chiqildi;
▪️ “E-Huquqshunos” platformasi imkoniyatlari esa Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi (YXKM) xodimlari bilan muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev “WBM Romitex” klasterining “DiROMM” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

🔹Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori texnologik uskunalar, mahsulot sifati va ichki hamda tashqi bozorlar uchun eksport salohiyati haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

🔹50 million dollar miqdoridagi investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, ushbu inshootda Italiya va Germaniyadan olib kelingan yuqori texnologik uskunalar o‘rnatilgan. Korxona matoni bo‘yash va gullash jarayonlarini tashkil etib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega hisoblanadi.

🔹Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat yuqori sifatga ega, balki milliy iqtisodiyotga ham katta hissa qo‘shadi. Korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish usullari va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari ichki bozorlarda ham keng e’tirof etilmoqda.

🔹Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida Nukus shahar va Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlarida bo'ldi.

🔹Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

🔹Markaz faoliyati, undagi texnik va tashkiliy sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularni olishda qulayliklar mavjudligi o‘rganildi. Markazda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti, xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi.

🔹Xizmat safari yakunida adliya vaziri o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM