ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Samarqandda davlat xizmatlari sohasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi


Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan joriy yil 30-iyundan 4-iyulgacha viloyatdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarda tizimli tahlil ishlari olib borildi. Shu munosabat bilan bugun Samarqand viloyati adliya boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi mas’ullari va boshqarma rahbariyati, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli davlat idoralari va organlari vakillari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda asosiy e’tibor vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lgan nomuvofiqliklar hamda ularning yechimlarini aniqlash masalalariga qaratildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar uchun yanada qulay, shaffof va samarali mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi. Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan joylardagi aniq holatlar o‘rganildi, muammolar tinglandi va tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Shu kabi ochiq muloqotlar orqali davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, huquqiy jihatdan mustahkam va aholi ehtiyojlariga mos tizimni yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, Biznes ombudsman devoni xodimlari shuningdek, viloyat prokuraturasi, soliq, bojxona, hokimliklar, Markaziy bank va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 60 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘z faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlar, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid takliflarini bildirdilar. Ular orasida yer ajratish, qurilish ruxsatnomalari, soliq imtiyozlari, bojxona tartiblari, moliyaviy ko‘mak, bank xizmatlari, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlaridagi muammolar ko‘tarildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, huquqiy tushuntirishlar berdi hamda ayrim masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. U, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bunday ochiq muloqotlar muammolarni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qilayotganini qayd etib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri O‘rtachirchiq tumanida huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 1-son mahalla huquq-tartibot maskanida tuman hokimi, IIB boshlig‘i va prokurori bilan uchrashdi.

🔹Uchrashuv davomida Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori – “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Adliya vaziri huquq-tartibot maskanining imkoniyatlari, xodimlar faoliyati hamda fuqarolar bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

🔹Maskanda o‘rnatilgan aqlli kuzatuv kamerasi tizimi orqali jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish bo‘yicha erishilayotgan natijalar alohida ta’kidlandi.

🔹Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash masalalari yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Baliqchi tumanida yuridik xizmat ko'rsatish va huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹Adliya vazirligi o'rinbosari Sh.Rabiyev Baliqchi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida bo'lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori yuzasidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini yetkazilishi hamda huquqiy targ'ibotni amalga oshirish masalalari o'rganildi.

🔹Shu bilan birgalikda, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

❗️Ma'lumot uchun:  edo.ijro.uz platformasi orqali bugungi kunga qadar davlat va jamiyat hayoti uchun muhim hisoblangan 14 ta Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta Farmoni, 23 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 39 ta qarori, turli vazirlik va idoralarning 15 ta hujjati tizim orqali viloyat va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM