ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

❗️Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o'tkazildi


Furqat tumanida tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan "Sho'rchi" MFYda Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimligi va tumandagi turli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

"Sho'rchi" mahallasida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida adliya organi xodimlari tomonidan 60 dan ortiq fuqaro qabul qilindi, shundan 40 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 15 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 5 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 35 nafardan ortiq aholiga sayyor xizmatlar ko'rsatildi.

Shuningdek, tadbirning barcha ishtirokchilariga Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan bepul tibbiy ko'rik o'tkazildi va aholining sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga belgilangan tartibda tavsiyalar hamda maslahatlar berildi hamda dori-darmonga muhtoj oilalarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bundan tashqari, mazkur tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori, PQ-133-sonli qarori mazmun-mohiyati, "Korrupsiya" jinoyati va "Firibgarlik" jinoyati va uning oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Navoiy viloyatida

🔹Bunda davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi ko'zdan kechirilib, sohani yanada rivojlanish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Xodimlar bilan yakka suhbatlar tashkil etilib, ularning nainki xizmat vazifasiga vijdonan yondashuvlari, salohiyati balki, murojaatlari ham o'rganildi.

🔹Ma'lumot o'rnida, joriy yilning shu davriga qadar Navoiy viloyatida 457 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan. Shundan 210 mingga yaqini bevosita DXMlarga tashrif buyurgan holda, 247 mingdan ortig'i onlayn shaklda amalga oshirilgan.

🔹Shuningdek, FHDY yo'nalishida viloyat miqyosida 11 500 dan ortiq tug'ilish, 3 mingga yaqin nikoh, 2 mingdan ortiq o'lim holati qayd etilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasbiy qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

2025-yilning fevral-may oylarida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatgan 370 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom topshirildi.

📌Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq kurs tinglovchilari bepul ravishda qayta tayyorlandi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram