ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Navoiyda Adliya sayili

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat markazidagi "Alisher Navoiy" bog‘ida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va shahar adliya bo‘limi tomonidan Adliya sayli tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul, mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari, huquqiy adabiyotlar, milliy madaniy markazlar, NNT vakillari qo‘l ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, FHDY, notarius xizmati, davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

🔹Yoshlar o‘rtasida viktorina, targ‘ibot aksiyalari o‘tkazilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchi yoshlarning yozgi ta'tili maroqli o'tmoqda

🔹Toshkent davlat yuridik universiteti professor- o'qituvchilari tomonidan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida respublikadagi oromgohlarda dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatlarini mustahkamlash, huquq vа burchlаrini tushuntirish, qonunga itoatkorlik mаvzulаridа huquqiy viktorinalar, huquqiy mavzularda “Ha, Yo`q” savol-javoblar bo`lib o`tdi.

🔹Toshkent davlat yuridik universitetining oʻqituvchilari tomonidan o’tkazilgan uchrashuvda o’quvchilarning bilimlari, iste’dodi, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlari sinovdan o’tkazildi va ularni rag’batlantirildi.

🔹Yoshlarga huquqning ilk tushunchalari, konstitutsiya, korrupsiyasiyaga qarshi kurashish, "Street law" mavzularida ma’lumotlar berilib, mavzuga oid bo'lgan videorolik namoyish etildi.

🔹Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardagi maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinflari”da bo`lib, Huquqiy maktab” va boshqa huquqiy loyihalarni targ‘ib qiluvchi bannerlar o'rnatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 2 milliard so'mdan ortiq pul mablag'i to'lab berildi.

🔹Namangan tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi "JOBIRBEK" MChJning “Uchqo'rg'on tuman yo'llardan foydalanish” davlat muassasasidan vujudga kelgan haqdorlikni undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Batafsil👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📌Huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish qonun bilan tartibga solinmoqda

❗️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

🔹Mazkur qonun loyihasi huquqiy eksperimentni tashkil etish, o‘tkazish, uning natijalarini baholash va joriy etishga doir munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazishning shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash va hayotga tatbiq etish va ularni rasmiylashtirishga oid talablar belgilanmoqda.

❗️Xususan, Qonunda insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki insonning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan hollarda huquqiy eksperiment o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy eksperimentda ishtirok etishi, o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar bildirilishi kafolatlanmoqda.

📣 Qonunga ko‘ra, huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan mas’ul organning rasmiy nashrlari va rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

Ma’lumot uchun: huquqiy eksperiment – normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqiy normaning samaradorligini amalda muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan (tajribadan, aprobasiyadan va shu kabilardan) o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar majmuidir.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

2025-yil II choragida eng ko‘p ixtiro ro‘yxatdan o‘tkazgan ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Navoiyda yana 30 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 30-iyun kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada jami 30 nafar, jumladan G'ozg'on shahrida 10 nafar, Navbahor tumanidan 6 nafar, Zarafshon shahridan 5 nafar, Karmana tumanidan 4 nafar, Qiziltepa tumanidan 2 nafar, Xatirchi, Konimex va Nurota tumanlaridan 1 nafardan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, qonun ijrosi bo'yicha shu kunga qadar viloyatimizda 35 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

Qonun ijrosi Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot