ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Sirdaryoda huquqiy axborotni yetkazish jarayonlari tahlil qilindi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024‑yil 24‑maydagi PF‑80‑son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosining joylardagi holatini o‘rganish, huquqiy targ‘ibot materiallarining manzilli yetkazilishi va ulardan amalda foydalanish mexanizmlarini tahlil qilish maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari Sirdaryo tuman adliya bo‘limi hamda tuman Soliq inspeksiyasida bo‘lib, elektron tizim orqali yuborilgan materiallarning qabul qilinishi, xodimlar tomonidan o‘rganilishi va amaliyotga joriy etilishi jarayonlarini o‘rgandi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tartib

📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!

🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.


📌 Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi.

👮‍♂️ FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi.

📬 Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin!
• Ariza — YIDXP orqali beriladi;
• Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi;
• Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan).

📄 Asos: VMning 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Soʻzning kuchi sizda OAV yuraklari

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar Adliya vazirining tashakkurnomasi va Adliya vazirligining esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.


🔹Shuningdek, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist xodimlarni bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

🔹Axborot makonidagi tashabbuskorlik, faollik va kasbiy mahoratingiz soha nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy yoritish, huquqiy axborotni tezkor, aniq va xalqchil shaklda taqdim etish yo‘lidagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

🔹Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga fayz-baraka, kasbiy faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman. Ilhomingiz bardavom, so‘zingiz ta’sirli va salohiyatingiz keng bo‘lsin!

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev “Foley Hoag” xalqaro yuridik firmasi vakillari bilan uchrashdi

🔹Muloqot maqsadi – mamlakatimizda yuridik xizmatlar tizimini yanada takomillashtirish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

🔹Uchrashuvda Adliya vazirligi faoliyat yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, investitsiyalarni jalb etishda huquqiy kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar berilib, xalqaro arbitrajlarda davlat manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tomonlar yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish, huquqiy infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha samarali tajriba almashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

🔹Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari Sh.Rabiyev Foley Hoag vakillariga minnatdorchilik bildirib, ularning “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini o‘tkazishda ko‘rsatgan ko‘magini alohida e’tirof etdi.

🔹Ushbu muloqotlar yuridik xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro huquqiy hamkorlikni chuqurlashtirish borasida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari jamiyat ko'zgusi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so'z yuritilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazirlik xodimlari uchun psixolog ishtirokida navbatdagi psixologik trening oʻtkazildi

Bugun Adliya vazirligida “Xodimlarining emotsional barqarorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Xodimlarning shaxsiy rivojlanishi va ruhiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar vazirlik tizimida doimiy ravishda o‘tkazilib kelmoqda.

Tadbir davomida xodimlar ruhiy sog‘lomlik, stressni boshqarish, shaxsiy motivatsiyani oshirish, o‘z-o‘zini anglash va ijobiy fikrlash kabi muhim mavzular yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Trening interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar va guruhli muhokamalar asosida olib borildi.

Treningda xalqaro toifadagi tajribali psixolog Dilbar Rixsivayevna ishtirok etdi va o‘z nutqi hamda amaliyotlari bilan xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Xodimlar ushbu trening ular uchun juda foydali bo‘lganini ta’kidlab, bunga o‘xshash tadbirlar doimiy tashkil etilishini bildirishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni


Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida vazirlik tizimida olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.

Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo'yicha amalda tatbiq etilayotgan choralar hamda mazkur yo'nalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1