ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️“Al-Fargʻoniy” istirohat bogʻida yuqori kayfiyatda “Adliya sayili” boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda 3 mingdan ortiq keng aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayil davomida sovrinli viktorinalar, sport musobaqalari, nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, sayyor qabullar, mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Shuningdek, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatildi, psixolog maslahatlari berildi.

Tashkil etilgan sayyor qabullarda aholi tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Shundan 18 tasi joyida hal qilinib, qolganlari taalluqliligi boʻyicha ish yurituviga olindi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyun oyi davomida  adliya sayllari Fargʻona viloyatining 19 tuman shaharlarida bosqichma bosqich tashkil etildi. Unda viloyatning jami 4 mingdan ortiq yoshlari va 2 mingga yaqin fuqarolari bevosita ishtirok etgan edi.

Adliya sayillari kabi oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar aholi va  yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir va yoshlar!


Bugun, Toshkent davlat yuridik universitetida adliya vaziri Akbar Tashkulovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar hamda Yoshlar parlamenti a'zolaridan iborat 300 ga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Dastlab, A.Tashkulov adliya organlari va muassasalarida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyat xususida taqdimot qildi.

Shundan so'ng, ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar, shuningdek, o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini ilgari surdilar.

Mazkur uchrashuv maqsad — yoshlarga yanada yaqinlashish, ularni tinglash hamda fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_aralashgach

Xovosda 69 nafar ishchining mehnat huquqlari ta'minlandi
.

Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi holatlari o‘rganildi. O‘rganish natijasida mazkur muassasada ishlagan 69 nafar mavsumiy ishchiga jami 15 870 000 so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lanmaganligi aniqlandi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Andijon va Namangan viloyatlari adliya boshqarmalarida Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida, shuningdek, advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida mavjud muammolar bo‘yicha ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Tadbirda, Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar, sud, ichki ishlar organlari, prokuratura, Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi va advokatlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar o‘z faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish faoliyatida mavjud muammolar va ularni yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar eshitildi va kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlash to‘g‘risida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Biz_birgamiz

🎨"Maftunkor ranglar jilosi"ga taklif etamiz

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 28-iyun kuni Bo'stonliq tumani, Olmos dam olish maskanida 7—17 yoshdagi nogironligi bo‘lganlar o‘rtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2025” respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi va shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlarni nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlaridan bahramand bo‘lishga chorlab qolamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🌐 23–25-iyun kunlari Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tmoqda!


🟡 O‘zbekiston ilk bor global darajadagi ushbu nufuzli forumga mezbonlik qilmoqda. Unda davlat boshqaruvi, raqamli xizmatlar va innovatsiyalar yo‘nalishida ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinmoqda.

📍 Bugun forum doirasida o‘tkazilgan Workshop 7: “Davlat xizmatlarining yangi avlodi: innovatsiyalar, texnologiyalar va fuqaroga yo‘naltirilgan yondashuvlar” sessiyasida Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev ishtirok etdi.

🔹 Nu’mon Muxammadiyev o‘z taqdimotida O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan asosiy o‘zgarishlar va kelgusidagi rejalar sifatida sun’iy intellektni xizmatlarga tatbiq etish, ma’lumotlar almashinuvi va “faqat bir marta” prinsipini kuchaytirish va davlat xizmatlarini inson manfaatlariga yo‘naltirish masalalarini ta’kidladi.

🔔 Workshop doirasida boshqa davlatlarning tajribalari bilan bir qatorda O‘zbekiston modeli ham yuqori baholandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qarshi shahrida "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini yaratish hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

🔹Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔹Mazkur xizmat safari doirasida tashkilotlarning "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

🔹Seminar davomida Adliya vazirligi tomonidan sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hujjat loyihalarini avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqish tartibi hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlari to'g'risida batafsil tushuntirish berildi.

🔹Sohaga joriy etilayotgan innovatsiyalar tashkilotlar tomonidan hujjat loyihasini tayyorlashga sarflanadigan vaqtni optimallashtirishi hamda hujjat sifatini yanada oshirishi ishtirokchilar tomonidan e'tirof etildi.

🔹Seminar davomida tashkilotlarning mas'ul xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, tizimni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar yurituvga qabul qilinishi ta'minlandi.

🔹Markaz hamda tashkilotlarga amaliy yordam berishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM