Sirdaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 16-19-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
▶️Batafsil👈
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

🔹Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Hyundai” va “Kia” kompaniyalariga (Janubiy Koreya Respublikasi) tegishli tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi holatlari bo‘yicha huquq egalarining murojaatlari asosida tekshiruvlar o‘tkazildi.
🔹 Tekshiruvlar natijasida:
▪️“Hyundai” va “Kia” belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi tasdiqlandi;
▪️bino peshlavhalaridagi tovar belgilarining olib tashlanishi ta’minlandi;
▪️huquqbuzarlik holatlari joyida bartaraf etildi;
▪️tadbirkorlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Hududiy adliya organlarining “E-qaror” elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilish holatlari” mavzusida “ZOOM” platformasida seminar tashkil etildi.
🔹Seminar davomida qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, monitoringni kuchaytirish, hamda normativ tusdagi qarorlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, mas’ul xodimlarga “Davlat funksiyalari” axborot tizimi (reestr.gov.uz) orqali mahalliy ijro hokimiyati organlariga yuklatilgan 85 ta funksiyaga oid ma’lumotlarni kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Tadbirkorlarning huquqiy muammolari va davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlar – ochiq muloqotda asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yig‘ilishga tayyorgarlik doirasida, Respublika ishchi guruhi tomonidan Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Unda Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muhammadiev va viloyat hokimi o‘rinbosari Oybek Hamroev tadbirkorlarning taklif va muammolarini tingladi.
🔹Uchrashuvda 30 dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. Masalan:
▪️150 ta ish o‘rni yaratgan tadbirkor Barno Jumanova kadastr hujjatlaridagi tushunmovchiliklar va ayrim imtiyozlardan foydalanishdagi to‘siqlar haqida gapirdi. Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, amaliy choralar belgilandi.
▪️Murodjon Primov auksion orqali olgan yerida to‘lov bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganini bildirdi. Murojaatlar mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.
🔹Bugungi kunda viloyatda 130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. 2017–2025-yillar davomida 48 268 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025 yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich 2 908 tani tashkil etdi.
🔹 Uchrashuv davomida 20 dan ortiq murojaat nazoratga olindi va tadbirkorlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Namanganda yana 42 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi
✅ Joriy yilning 17-iyun kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etilib, fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
✅ Bugungi kengash muhokamasi natijasida tegishli qaror qabul qilinib, 42 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Forwarded from Digital.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-iyun kuni, soat 10:00 da sizni raqamli bilimlar va huquqiy savodxonlikka bag‘ishlangan yirik tadbirga taklif etamiz.
Tadbirda raqamli transformatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish, ta’limdagi innovatsiyalar, shuningdek, ayollar huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir amaliy maslahat va real tajribalar taqdim etiladi.
Tadbirning eng katta afzalliklaridan biri – sohaga oid eng yetuk mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati.
🗣 Spikerlar quyidagilardan iborat:
⚫️ Oleg Pekos – Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari⚫️ Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi⚫️ Furqat Tojiyev – Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i⚫️ Isomiddin Latipov – Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i⚫️ Nodira Normatova – “LERTA LEGAL” yuridik kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchi hamkori⚫️ Guljamol Shukurova – Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchisi, jamoatchilik bilan ishlash bosh inspektori⚫️ Tamilla Kurbanova – Xalqaro investitsiya va moliya mutaxassisi⚫️ Anna Ambrozevich – Women in Tech Uzbekistan tashkiloti direktori⚫️ Timur Turaqulov – Raqamli davlat xizmatlarini soddalashtirish va optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i⚫️ Zarina Shaumarova – “Lerta Legal” yuridik kompaniyasi Davlat organlari bilan hamkorlik va da’vo-talabnoma ishi bo‘limi rahbari
⚫️ Ilhom Jurayev – Ta’lim tashkilotlari va masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishni, mustaqil qarorlar qabul qilishni, zamonaviy texnologiyalar hamda huquqiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni istagan barcha xotin-qizlarni taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Joriy yil 20-iyun kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.
🔹Jumladan, viloyatdagi 164 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo‘ldi. Bulung‘urlik 35 nafar, kattaqo‘rg‘onlik 22 nafar, oqdaryolik 8 nafar, jomboylik 28 nafar, payariqlik 4 nafar, narpaylik 31 nafar, paxtachilik 17 nafar, urgutlik 3 nafar, toyloqlik 2 nafar, Samarqand tumanidan 12 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridan 2 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Surxondaryoda 108 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.
Bandixon tumanidan 6 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 14 nafar, Muzrabot tumanidan 6 nafar, Oltinsoy tumanidan 51 nafar, Qiziriq tumanidan 3 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, termiz tumanidan 16 nafar, Uzun tumanidan 8 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.