ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda
.

Quvasoy shahri markazidan olis hududda joylashgan "Sufon" mahallasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, shahar adliya bo'limi hamda hamkor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

80 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 10 dan ortiq fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 20 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

42 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, 12 nafariga sayyor notarial xizmatlari ko'rsatildi.

30 dan ortiq fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ijtimoiy buyurtmasi bu sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga qaratilgan davlat topshirig‘i hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qashqadaryoda yana 100 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e'tirof etildi

Joriy yil 9-iyun kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'n ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada qabul qilingan qarorga ko'ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e'tirof etildi.

Jumladan, Chiroqchi, Dehqonobod, G'uzor, Kasbi, Koson, Mirishkor, Qamashi, Yakkabog', Qarshi tumanlari hamda Shahrisabz shahrida yashovchi jami 100 nafar fuqaro o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo'ldi.

Mazkur amaliyot viloyatda egalik huquqlarini qonuniylashtirish bo'yicha izchil islohotlarning bir qismi bo'lib, 2024–2025-yillar davomida 155 mingga yaqin uy-joy va boshqa turdagi inshootlarga nisbatan mulk huquqlari rasman hujjatlashtiriladi.

Ma'lumot uchun, viloyat hokimi Murotjon Azimov viloyat bo'yicha birinchi bo'lib uy-joy va yerga egalik huquqini olgan 18 nafar fuqaroga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brend yaratdim, ammo...

Tadbirkorlikning muvaffaqiyati biznes-rejaga bogʻliqmi? Xotin-qizlarning biznes yuritishi uchun qonunchiligimizda qanday muhim imtiyozlar belgilangan? Brendni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qayerga murojaat qilish lozim? “Ayollar koʻrsin”ning bu galgi sonida ayollar tadbirkorligi mavzusi muhokama markazida boʻldi.
xemptyz

To'liq video 👉 https://youtu.be/3D8NDHazIf4

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣 YANGI HAMKORLIK LOYIHASI: Lex.uz × Madad NNT

⁉️Qonunni o‘qidingiz, lekin tushunmadingizmi?
✔️ Endi Lex.uz orqali qonunni o‘qiganingizdek, shu zahoti bepul huquqiy maslahat ham olishingiz mumkin!

🔘 "Huquqiy tushintirish bo‘limiga kiring"
◾️ “Bepul maslahat oling” tugmasini bosing— Madad NNT mutaxassislari sizga yordam beradi!

🔰 Qonunni tushuning. Huquqingizni himoya qiling!
🔲 Huquqiy maslahatlar – Advice.uz platformasida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda
.

Oltinko'l, Shahrixon va Baliqchi tumanlari markazidan olis hududda joylashgan mahallalarda Respublika ishchi guruhi a'zolari hamda hamkor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida o'rganishlar davom etmoqda.

O'rganish va sayyor qabullarda:

700 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 100 dan ortiq fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 500 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 119 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

71 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, 26 nafariga sayyor notarial xizmatlari ko'rsatildi.

50 dan ortiq fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Piramit", "Poytaxt", "Pad Thai" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang, tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#hududlarda
#adliya_sayli

Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlarida "Adliya sayli" tadbirlari o'tkazilmoqda.

Ushbu huquqiy sayldan koʻzlangan asosiy maqsad aholining, ayniqsa yoshlarni adliya idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish barobarida “dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishdan iborat.

❗️Tadbir tafsilotlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Andijon, Namangan, Farg'ona

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM