ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston adliya vazirliklari raqamli hamkorlikni kuchaytiradi

📍 28-may kuni Toshkentda o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Tojikiston Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Tomonlar huquqiy hamkorlikni kengaytirish va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

💬 Nigina Alizoda O‘zbekistondagi raqamli adliya tashabbuslarini, ayniqsa “LexAI” platformasini yuqori baholadi.

📌 Muzraf Ikramov “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam, masofaviy notarial harakatlar, davlat qarorlarining sudgacha ko‘rib chiqilish mexanizmlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, LexAI’ni rivojlantirishda 3 yo‘nalish — sun’iy intellekt integratsiyasi, audiovizual hujjatlar va kazuslar tahliliga urg‘u berildi.

📄 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi. Bu dastur raqamli qonunchilik, huquqiy texnologiyalar va tajriba almashuvini qamrab oladi.

🌐 Uchrashuv iliq va konstruktiv muhitda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya: yuridik ta’lim va ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

📍 28-may kuni Adliya vazirligida Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Tomonlar o‘rtasida yuridik ta’lim, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📚 Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida birgalikda chop etilgan o‘quv qo‘llanmani muhim natija sifatida qayd etdi. Shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlashdagi ilg‘or yondashuvlar katta qiziqish uyg‘otayotgani ta’kidlandi.

💬 Sherzod Rabiyev akademik almashinuv, malaka oshirish dasturlari, xalqaro konferensiyalar, ilmiy maqolalar va onlayn seminarlar orqali hamkorlik yanada chuqurlashayotganini ta’kidladi.

📄 Uchrashuvda tomonlar 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida yangi treninglar va xalqaro tadbirlar tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

🌐 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🌍 O‘zbekiston — global yuridik maydonda

📍 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov dunyoning yetakchi yuridik firmalari — “Baker Botts”, “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP”, “Vinson & Elkins LLP” hamda “Pinna Goldberg” vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvlarda yuridik xizmatlar sifati, huquqiy infratuzilmani zamonaviylashtirish, yuridik kadrlar malakasini oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

📈 Shu bilan birga, xalqaro yuridik firmalarning O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochish va investitsion muhitni yuksaltirishga xizmat qiluvchi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.

🔹 Bu muloqotlar yurtimizda yuridik xizmatlar bozorini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda


Toshkent. 29-may. Poytaxtimiz yana bir bor xalqaro huquqiy hamjamiyat e’tibor markaziga aylandi – mamlakatimizda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda.

Bu yilgi tadbirning asosiy mavzusi – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” bo‘lib, jahon yuridik hamjamiyatini raqamlashtirish jarayonidagi yangi tahdidlar va imkoniyatlarni muhokama qilishga qaratilgan.

Forumda 1 200 nafarga yaqin ishtirokchi, shu jumladan 150 nafarga yaqin xorijiy spiker va rasmiylar, 40 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashishi kutilmoqda.

Forum doirasida 20 ga yaqin tadbir, jumladan plenar sessiya, mahorat darslari, davra suhbatlari, 4 ta ko‘rgazma, shuningdek, ilk bor Xalqaro yoshlar yuridik forumi ham o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot