ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📚 Xalqaro arbitraj va energetika huquqi bo‘yicha seminar tashkil etildi

📆 28-may kuni Adliya vazirligi hamda “Curtis Mallet-Prevost Colt & Mosle LLP” xalqaro yuridik kompaniyasi hamkorligida “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Seminar xalqaro arbitraj va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha shartnomalar yuzasidan zarur ko‘nikmalarni oshirishga qaratildi.

⚡️ Tadbirda energetika huquqi va investorlar bilan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🗣 Seminar davomida savol-javoblar va amaliy tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣 OAV UCHUN E’LON

📍 Tashkent Law Spring — IV xalqaro yuridik forumi
📆 2025-yil 29–30-may, Toshkent shahri
📍Forum bo'lib o'tadigan joy

🔹 “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakga huquqiy nazar” mavzusidagi forum doirasida:

▪️ Raqamli adliya, sun’iy intellekt, blockchain va metakoinotning huquqiy jihatlari
▪️ Xalqaro arbitraj va energetika huquqi
▪️ LegalTech, raqamli davlat xizmatlari va sud ekspertizasi
▪️ Intellektual mulk, mediaatsiya va huquqiy ta’limning kelajagi kabi yo‘nalishlarda sessiyalar bo‘lib o‘tadi.

🌍 Forumda BMT, WIPO, OECD kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, turli davlatlarning adliya vazirlari va global yuridik firmalar ekspertlari ishtirok etadi.

🎓 Forum doirasida maxsus ko‘rgazmalar, seminarlar va master-klasslar tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇭🇺 O‘zbekiston va Vengriya adliya idoralari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

📍 Bugun, 28-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Vengriya Adliya vazirligi delegatsiyasini qabul qildi.

🤝 Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik istiqbollari va qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

💬 Vengriya delegatsiyasi mamlakatda yagona rasmiy huquqiy portal yo‘qligi tufayli eskirgan qonunlardan foydalanish holatlari haqida ma’lumot berdi. Shu munosabat bilan, ular yagona huquqiy platforma yaratish ustida ishlayotganini aytishdi.

🔗 Muzraf Ikramov esa O‘zbekistonda allaqachon “Lex.uz” portali orqali qonunlar ochiq va ishonchli manba sifatida taqdim etilayotganini, “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam tizimi va masofaviy notarial harakatlar joriy etilganini ta’kidladi.

📄 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. Dastur qonunchilikni raqamlashtirish, huquqiy texnologiyalar va tajriba almashish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

🌐 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston adliya vazirliklari raqamli hamkorlikni kuchaytiradi

📍 28-may kuni Toshkentda o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Tojikiston Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Tomonlar huquqiy hamkorlikni kengaytirish va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

💬 Nigina Alizoda O‘zbekistondagi raqamli adliya tashabbuslarini, ayniqsa “LexAI” platformasini yuqori baholadi.

📌 Muzraf Ikramov “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam, masofaviy notarial harakatlar, davlat qarorlarining sudgacha ko‘rib chiqilish mexanizmlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, LexAI’ni rivojlantirishda 3 yo‘nalish — sun’iy intellekt integratsiyasi, audiovizual hujjatlar va kazuslar tahliliga urg‘u berildi.

📄 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi. Bu dastur raqamli qonunchilik, huquqiy texnologiyalar va tajriba almashuvini qamrab oladi.

🌐 Uchrashuv iliq va konstruktiv muhitda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya: yuridik ta’lim va ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

📍 28-may kuni Adliya vazirligida Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Tomonlar o‘rtasida yuridik ta’lim, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📚 Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida birgalikda chop etilgan o‘quv qo‘llanmani muhim natija sifatida qayd etdi. Shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlashdagi ilg‘or yondashuvlar katta qiziqish uyg‘otayotgani ta’kidlandi.

💬 Sherzod Rabiyev akademik almashinuv, malaka oshirish dasturlari, xalqaro konferensiyalar, ilmiy maqolalar va onlayn seminarlar orqali hamkorlik yanada chuqurlashayotganini ta’kidladi.

📄 Uchrashuvda tomonlar 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida yangi treninglar va xalqaro tadbirlar tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

🌐 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🌍 O‘zbekiston — global yuridik maydonda

📍 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov dunyoning yetakchi yuridik firmalari — “Baker Botts”, “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP”, “Vinson & Elkins LLP” hamda “Pinna Goldberg” vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvlarda yuridik xizmatlar sifati, huquqiy infratuzilmani zamonaviylashtirish, yuridik kadrlar malakasini oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

📈 Shu bilan birga, xalqaro yuridik firmalarning O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochish va investitsion muhitni yuksaltirishga xizmat qiluvchi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.

🔹 Bu muloqotlar yurtimizda yuridik xizmatlar bozorini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot