ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishdagi normalar, xususan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartiblarni qo‘llashga doir tavsiyalarga qaratildi. “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri” haqida ma'lumotlar berildi.

Mazkur reyestrga kiritilgan huquq egasi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishda choralar ko‘rilishi bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Bojxona nazoratida huquq egasi tomonidan kontrafakt deb ko‘rsatilgan tovarlar aniqlansa, bunday tovarlarning chiqarilishi to‘xtatiladi.


Shuningdek, seminarda bojxona xodimlariga kontrafakt mahsulotlar tushunchasi, kontrafakt va asl mahsulotni farqlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, ularning realizatsiyasini oldini olish va shu kabi mavzularda tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilarning malakasi oshirildi.


🤔Hududiy adliya organlarining yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilari uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetdi.

🤔Shu munosabati bilan tinglovchilarga sertifikat topshirish tadbirida Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.

🤔Tadbirda so'z olganlar malaka oshirish kurslari sohadagi zamonaviy tendensiyalar hamda muammoni hal qilish (problem-solving) metodi asosida ishlab chiqilganligi, bunda tinglovchilarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanganligini ta'kidladi.

🤔Tadbir so'nggida tinglovchilarga malaka oshirganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda.

"55 yildan buyon O'zbekiston Respublikasida yashayman. Biroq shu kunga qadar birorta shaxsimni tasdiqlovchi hujjatim yo'q edi. Adliya vakillari menga yordam berishdi, endi meni o'z hujjatlarim bor, ularga rahmat!" — fuqaro.


Batafsil yuqoridagi 👆ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.


Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-may kuni Marg'ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning notariat, davlat xizmatlari, kadastr, aliment, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik va boshqa shu kabi masalalar bilan bogʻliq murojaatlari qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qo'qon shahri va Rishton tumanida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tuman adliya bo‘limining huquqiy axborotni tarqatish yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganilib, aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari, hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limida elektron tizim orqali bo‘limga kelib tushayotgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali “Online-mahalla” platformasiga yuborilayotgan huquqiy targ‘ibot materiallari bilan tanishish holatini o‘rgandi.

Bundan tashqari, "Mahalla yettiligi", shuningdek, "Mahalla huquqshunosi" loyihasi asosida mahalla raislarining huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularga o‘z faoliyatlariga oid normativ-hujjatlarni qo‘llash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati


Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar.

Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.


Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlariga xizmat safari davomida mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hamda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida “Mahalla yettiligi” a'zolari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida suhbatlar tashkil etilib, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur doirasida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining ijrosi monitoring qilinib, mavjud imkoniyatlardan foydalanib aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi orqali huquqiy yordamni kuchaytirish va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Sh.Rabiyev, shuningdek, Oqoltin tumanidagi “Indorama” va “Agro klaster” MChJlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona rahbarlari va hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar o‘rganilib, sohaga oid taklif va fikrlar tinglandi hamda zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM