ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, ayrim chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu jarayonlarda tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari eshitildi hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Prezident qarorlari hayotda va nazoratda | Suv resurslaridan oqilona foydalanish zaruriyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoniga muvofiq, adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha nazorat olib borish belgilangan.

Jumladan, adliya organlarining ushbu qaror va topshiriqlar ijrosini taʼminlashi natijasida global isish davrida hukumatimizning suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, ekologik muammolarni barvaqt oldini olishga qaratilgan muhim qaror va farmoyishlarning hayotda bajarilishi yuzasidan monitoring olib bordi. Natijalar bilan o‘rtoqlashamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Sirdaryo_viloyati

Tadbirkor manfaati himoya qilindi
.

Shartnoma o‘zaro kelishuv bo‘lib, u taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.


“Lazizbek gold” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Xovos tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi o‘rtasida qiymati 175 560 000 so‘mlik shartnoma tuzilgan edi.

Shartnomaga asosan, MCHJ tomonidan xizmatlar bajarilgan bo‘lsa-da, korxona shartnoma majburiyatlarini to‘liq bajarmasdan, yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni qisman amalga oshirgan va natijada 75 560 000 so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.


Tadbirkor tomonidan qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha bir necha marotaba og‘zaki murojaat va yozma ravishda talabnoma berilgan bo‘lsa-da, korxona tomonidan ushbu talablar e’tiborsiz qoldirilgan. Oqibatda tadbirkor ushbu qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojaat atroflicha o'rganib chiqilib Adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning qaroriga asosan korxona hisobidan tadbirkor foydasiga 75 560 000 so‘m miqdorda pul mablag'larini to‘lanishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Navoiy_viloyati

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–186-son qarorining ijrosi "O'zbekiston24" telekanalining "Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda" ko'rsatuvida.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 21-may kuni AOKAda “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi o’tkazilishiga (29-30-may kunlari) bag’ishlangan matbuot anjumani soat 12:00 da boshlanadi.

Manzil: AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)

Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📎Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va KOICA o‘rtasida yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


2025-yil 21-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti o‘rinbosari janob Xong Seokxvanni qabul qildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar yuzasidan fikr almashish hamda mazkur tashabbus doirasidagi Muhokama bayonnomasini imzolash.

Muzokaralar davomida Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov o‘z nutqida KOICA tashkilotiga loyihani qo‘llab-quvvatlagani minnatdorlik bildirib, ushbu loyiha intellektual mulk egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini qulay, tezkor va shaffof shaklga olib kelish va bu orqali barqaror va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, KOICA prezidenti o‘rinbosari janob Xong Seokxvan mazkur loyiha “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, u loyihaning samarali amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston mintaqada intellektual mulk sohasida yetakchi davlatlar qatoriga chiqishiga zamin yaratilishini qayd etdi.


Ma’lumot tariqasida qayd etish kerakki, 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan e’lon qilingan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida mazkur Loyiha g‘olib deb topildi. Unga muvofiq, Loyihani amalga oshirish uchun 9,73 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va KOICA o‘rtasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida
Muhokama bayonnomasini imzolash jarayoni.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Sud ekspertiza masalalariga oid seminar tashkil etildi.

Buxoro viloyati sudida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda mas'ullar tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, hamkorlikdagi masalalar haqida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, ekspertiza tayinlashda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari hamda tizimning imkoniyatlari haqida onlayn tarzda tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlar bepul koʻrib chiqiladi.

🔹Apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
🔹Apellyatsiya kengashlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shikoyat qilish mumkin.

🔹Apellyatsiya kengashlari shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
▪️maʼmuriy hujjatni oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirish;
▪️maʼmuriy hujjatga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vakolatli organga majburiyat yuklash;
▪️maʼmuriy hujjatni qisman yoki toʻliq bekor qilish hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha arizani qayta koʻrib chiqish.

🔹Apellyatsiya kengashlarining qarorlari 3 ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi.
🔹Apellyatsiya kengashlarining qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
🔹Maʼmuriy hujjatini oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha berilgan ariza YIDXP va (yoki) tegishli tizimda qayta koʻrib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda fuqaro davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha qayta ariza berish talab etilmaydi.

🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida apellyatsiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish imkoni yaratiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot