ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Rossiya Federatsiyasining Sank Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan “XIII Peterburg xalqaro yuridik forumi” doirasida tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq muloqoti”da ishtirok etdi.

Ushbu Ochiq muloqotda Adliya vaziri sun’iy intellektni (SI) huquqiy sohalarga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Jumladan, 2024-yil dekabr oyida ilk bor “LexAI” nomli sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmatlar ekotizimi – yagona platforma ishga tushirildi. Mazkur platforma O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi – “Lex.uz” tizimining mantiqiy davomi va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

A. Tashkulov: Kelajakdagi muhim yo‘nalishlardan biri – normativ-huquqiy hujjatlar konstruktorini ishlab chiqishdir. Bu vosita qonun hujjatlarini me’zonlarga muvofiq, yuqori sifatda va tizimli tarzda ishlab chiqishga ko‘mak beradi. Natijada yuristlar texnik jihatlarni tekshirishga emas, balki hujjatlarning mazmuniy qismiga ko‘proq e’tibor qaratishlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda ushbu tizim fuqarolarga murakkab bo‘lmagan hujjatlarni mustaqil ravishda, yuristlarning bevosita yordamisiz tayyorlash imkonini beradi.


Shuningdek, Adliya vaziri sun’iy intellekt texnologiyalarini huquqiy sohalarga keng joriy etish aholiga qulaylik yaratish, huquqshunoslar mehnatini optimallashtirish va ularning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, shu bilan birgalikda yuridik xizmatlarning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish imkonini berishi to'g'risida fikrlarni bildirdi.

☄️Forum doirasida A. Tashkulov turkiy davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya davlatlari adliya vazirlari bilan muloqot qildi.

❗️Batafsil ushbu 👉 havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xorijiy ekspertlar ishtirokida norma ijodkorligida jamoatchilik muhokamasi masalalari va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi
 
Bugun, 20-may kuni “Strategik muloqot va yangi tarmoq strategiyalari to‘g‘risida axborot berish” mavzusida Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida ishchi sessiyaning dastlabki kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov va Qonunchilikni tizimlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh. Abdulatipovlar jamoatchilik fikrini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga jalb etishning dolzarbligi, xorijiy davlatlar tajribasi va zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar normativ hujjatlarni tayyorlashda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini kuchaytirish, qonunchilikdagi tashabbuslar bilan aholini xabardor qilib borish masalalari yuzasidan qizg‘in fikr almashdilar.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga Adliya vazirligi vakillaridan batafsil javob oldilar.

Ma’lumot uchun: mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasidagi hamkorlik dasturi (Good Governance Program) doirasida tashkil qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Farg'ona shahridagi San'at saroyi binosida turli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari, viloyat, tuman, shahar hokimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Farg'ona va Quvasoy shahrida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, shundan 65 nafarining murojaati joyida hal etildi, 10 dan ziyod murojaat ish yurituviga qabul qilindi, 25 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, ayrim chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu jarayonlarda tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari eshitildi hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM