#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Andijon viloyati: Bo‘ston tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 24-umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
🖥 Farg'ona viloyati: Rishton tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Qalaynav" mahallasida yashovchi pensioner R.M ga sayyor tarzda davlat xizmatlari ko’rsatildi.
🖥 Jizzax viloyati: Yangi saylangan mahalla raislari ishtirokida o'quv-seminarlar tashkil etildi.
🖥 Namangan viloyati: Uychi tuman adliya bo'limi tomonidan yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o’tkazildi.
🖥 Navoiy viloyati: Nurota tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning “Nurfaxr” mahallasida mahalla fuqarolariga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.
🖥 Qashqadaryo viloyati: Kitob tuman FHDY bo'limining amaliy yordami bilan 10 yildan buyon shar'iy nikoh asosida yashab kelayotgan oilaning nikohi qonuniylashtirildi.
🖥 Samarqand viloyati: Ishtixon tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 54-umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Huquq sinfi"da dars mashg'uloti o'tkazild.
🖥 Sirdaryo viloyati: Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Yangi avlod" mahallasida "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.
🖥 Toshkent shahri: Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo‘limi tomonidan “Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ "Bolahuquqlari.uz" sayti faoliyati yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting.
"Bolahuquqlari.uz" saytining huquqiy kontentlar yo‘nalishini aniqlab olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://docs.google.com
So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Sayt bilan tanishish 👉 https://bolahuquqlari.uz/
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati
✅ G'uzor tuman adliya bo‘limiga tumanning “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.P murojaat qilib, o'z murojaatida 2024-yil 1-maydan 2025-yil 1-fevralga qadar maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimida ishlagan davri uchun ish haqlari to'lab berilmayotganligini ma’lum qildi.
✅ O‘rganish natijasida, haqiqatdan ham, DMTT direktori Z.P ga yuqoridagi ishlagan davrlari uchun asossiz ravishda jami 15 462 000 so‘m oylik ish haqi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
✅ Shunga ko'ra, G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli ta’sir choralari qo'llanilishi natijasida tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan fuqaro Z.P ga 15 462 000 so‘m miqdoridagi ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qashqadaryo_viloyati
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o‘tkazish yuzasidan joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirish berilmoqda.
✅ Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlarga tegishli tovar belgilarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o‘tkazish yuzasidan joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirish berilmoqda.
Xususan, “NAVOIY ISHONCH GILAMLARI” MCHJ, “FAVORIT LYUKS SERVIS” MCHJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishilib, ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⛈ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Rossiya Federatsiyasining Sank Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan “XIII Peterburg xalqaro yuridik forumi” doirasida tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq muloqoti”da ishtirok etdi.
⛈ Ushbu Ochiq muloqotda Adliya vaziri sun’iy intellektni (SI) huquqiy sohalarga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
⛈ Jumladan, 2024-yil dekabr oyida ilk bor “LexAI” nomli sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmatlar ekotizimi – yagona platforma ishga tushirildi. Mazkur platforma O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi – “Lex.uz” tizimining mantiqiy davomi va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
⛈ Shuningdek, Adliya vaziri sun’iy intellekt texnologiyalarini huquqiy sohalarga keng joriy etish aholiga qulaylik yaratish, huquqshunoslar mehnatini optimallashtirish va ularning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, shu bilan birgalikda yuridik xizmatlarning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish imkonini berishi to'g'risida fikrlarni bildirdi.
☄️ Forum doirasida A. Tashkulov turkiy davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya davlatlari adliya vazirlari bilan muloqot qildi.
❗️ Batafsil ushbu 👉 havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
A. Tashkulov: Kelajakdagi muhim yo‘nalishlardan biri – normativ-huquqiy hujjatlar konstruktorini ishlab chiqishdir. Bu vosita qonun hujjatlarini me’zonlarga muvofiq, yuqori sifatda va tizimli tarzda ishlab chiqishga ko‘mak beradi. Natijada yuristlar texnik jihatlarni tekshirishga emas, balki hujjatlarning mazmuniy qismiga ko‘proq e’tibor qaratishlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda ushbu tizim fuqarolarga murakkab bo‘lmagan hujjatlarni mustaqil ravishda, yuristlarning bevosita yordamisiz tayyorlash imkonini beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Xorijiy ekspertlar ishtirokida norma ijodkorligida jamoatchilik muhokamasi masalalari va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi
✅ Bugun, 20-may kuni “Strategik muloqot va yangi tarmoq strategiyalari to‘g‘risida axborot berish” mavzusida Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida ishchi sessiyaning dastlabki kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
✅ Sessiyada adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov va Qonunchilikni tizimlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh. Abdulatipovlar jamoatchilik fikrini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga jalb etishning dolzarbligi, xorijiy davlatlar tajribasi va zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdilar.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga Adliya vazirligi vakillaridan batafsil javob oldilar.
Ma’lumot uchun: mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasidagi hamkorlik dasturi (Good Governance Program) doirasida tashkil qilinmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Xorijiy ekspertlar ishtirokida norma ijodkorligida jamoatchilik muhokamasi masalalari va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Tadbir davomida ishtirokchilar normativ hujjatlarni tayyorlashda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini kuchaytirish, qonunchilikdagi tashabbuslar bilan aholini xabardor qilib borish masalalari yuzasidan qizg‘in fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasidagi hamkorlik dasturi (Good Governance Program) doirasida tashkil qilinmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM