ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tomonidan Xorazm viloyatida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi hamda Respublika sud-ekspertiza markazi mas'ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, sud-ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikni oldini olish va uni fosh etishdagi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilinishidagi rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi hamda sud ekspertizaning yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qo'shrabotda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.


“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan mahalla binosi 3 437 nafar aholi yashaydigan eng chekka hududda joylashgan “Mayintepa” mahallasi fuqarolari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Binoning ochilish marosimida Аdliya vaziri Akbar Tashkulov va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xalqimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarni yanada rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni dasturilamal vazifasini bajarmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan. Bunda Adliya vazirligi ham hududlarda alohida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Shu munosabat bilan Adliya vaziri Akbar Tashkulov joriy yilning 3-4 fevral kunlari Qo‘shrabot tumanida bo‘lib, Adliya vazirligiga biriktirilgan “Xonnazar”, “Mayintepa”, “Navkat” va “Do‘stlik”, “Qiyqim” mahallalari aholisi bilan uchrashgandi. Unda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalari o‘rganilib, hududda kambag‘allikni kamaytirishda ichki resurslardan foydalanish masalasi kun tartibida bo‘lgandi hamda aholi murojaatlari, takliflari o‘rganilgan. Xususan, “Mayintepa” mahallasi ahli eski mahalla idorasi o‘rniga yangi, zamonaviy mahalla binosini qurishda yordam so‘ragandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri yana bir mahalladagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi.


Akbar Tashkulov Qo'shrabot tumanida joylashgan “Navkat” mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ushbu mahalla fuqarolari murojaatiga asosan qurilishi boshlangan zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladigan o‘quv markazi binosi qurilishi bilan tanishdi.

Ta’kidlash kerakki, Adliya vazirining mazkur mahallaga tashrifida hududda yo‘l bo‘yi, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish, bola parvarishi bilan band bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘shimcha daromad topishga qaratilgan loyihalar belgilangan. Buning ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar boshlangan bo‘lib, mahalla binosi qarshisidagi bo‘sh turgan eski bino o‘rnida hudud aholisi va yoshlari uchun kasb-hunar o‘rgatuvchi markaz binosi qad rostlamoqda. Bunda tikuv xonasi, IT sohasi, dasturlash ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun zamonaviy o‘quv maskani, til o‘rganish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.


Hozirda ushbu mahallada 3 ming nafardan ziyod fuqarolar istiqomat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM