ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Qashqadaryodagi xizmat safari davomida Qarshi shahridagi  "Otchopar" mahalla fuqarolar yig'inida bo'ldi.

U yerda "mahalla yettiligi" bilan yaqindan tanishib, "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqiy muammolarning hal etilish holati bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek , O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan mahalla inspektorining axboroti tinglandi va mahallada o'rnatilgan xavfsizlik kameralar holati bilan ham tanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔘Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tomonidan Jizzax viloyati sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, Adliya vazirligi hamda Respublika sud-ekspertiza markazi mas'ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, sud-ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikni oldini olish va uni fosh etishdagi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilinishidagi rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


🔘 Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi hamda sud ekspertizaning yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda


Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari Bo'ston tumanida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Bo'ston tumani "Mustaqillikning 15 yilligi" mahallasida joylashgan Avtomaktab binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari tomonidan Ulug'nor tumanidagi "Bo'ston" mahallasida "Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarning muammolari o'rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔘Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

🔘Qon topshirish aksiyasida adliya organlari va muassasalari ko‘ngilli xodimlari ishtirok etib, donorlik qilish orqali insonparvarlik yordamini ayamadilar.

Aksiya doirasida adliya organlari va muassasalari ko‘ngilli xodimlari tomonidan qariyb 200 litrdan oshiq donorlik qoni topshirildi.


🔘Adliya vazirligi ushbu xayrli ishda chetda turmay donorlik qilgan adliya organlari va muassasalari xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Hududiy adliya organlari tomonidan tashkil etilgan qon topshirish aksiyasidan fotolavahalar 👇

Andijon viloyatida qon topshirish aksiyasi

Buxoro viloyatida qon topshirish aksiyasi

Jizzax viloyatida qon topshirish aksiyasi

Namangan viloyatida qon topshirish aksiyasi

Navoiy viloyatida qon topshirish aksiyasi

Qashqadaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Samarqand viloyatida qon topshirish aksiyasi

Sirdaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Surxondaryo viloyatida qon topshirish aksiyasi

Toshkent viloyatida qon topshirish aksiyasi

Toshkent shahrida qon topshirish aksiyasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM