ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Huquqiy_axborot_minbari

❗️ "Yo'l harakati qoidalari" mavzusida suhbat tashkil etiladi


⚖️ "Yo'l harakati qoidalari" mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 14-may kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari hamda sudyalar

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

📌 Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_jarayoni

🧷 Bugun Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy sho‘balari xodimlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Tinglovchilar “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali qonunlar, farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarining vazifalari, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar va ularning ahamiyati va boshqa bir qator mavzular doirasida huquqiy bilimlarini mustahkamlashga erishadilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

Toyloq tuman adliya bo'limining amaliy yordami bilan 2 nafar fuqaroning uzoq yillardan buyon O'zbekiston Respublikasida yashaganlik fakti belgilandi.

O'zim Tojikiston Respublikasidan Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kelin bo'lib tushganman. Qariyb qirq yildan buyon O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lishni kutib yashadim. Farzandlarim pasport olganida havas bilan qarardim. Turmush o'rtog'im va farzandlarimda pasport bor, faqat bitta menda yo'q edi. Saylovlarda ishtirok eta olmasdim...


Batafsil yuqoridagi 👆 videoda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnat armiyasi jangchilarining jasorati” hujjatli arxiv ko‘rgazmasining ochilish marosimidan videolavha.

Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron raqamli imzo faqat oʻzingizga tegishli. Uni hech kimga ishonib topshirmang – hatto yaqinlaringizga ham!

📽 Videorolik orqali siz:
🔹 ERIning afzalliklari;
🔹 Undan xavfsiz foydalanish qoidalari;
🔹 Vaqtincha “ishonsa ham” qanday tavakkalchiliklar boʻlishi mumkinligini bilib olasiz.

👉 Koʻring va boshqalar bilan ham ulashing!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

"E-huquqshunos" elektron tizimiga sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda.


Adliya vazirligi tomonidan "Unicon-soft" kompaniyasi bilan hamkorlikda "e-huquqshunos" elektron tizimiga axborot texnologiyalarining eng so'nggi yutuqlari keng joriy etilib borilmoqda.

Xususan, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar mas'ul xodimlari uchun tizimdan foydalanishni yanada osonlashtirish maqsadida sun'iy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi "Yurist AI" chat-bot ishlab chiqildii.

Mazkur chat-botga tegishli savol berish orqali "e-huquqshunos" elektron tizimdagi barcha turdagi yuridik tusdagi hujjat loyihalarini avtomatik yaratish (meta usulida) mumkin bo'ladi.


Bundan tashqari, "e-huquqshunos" elektron tizimida avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini birlik hamda ko'plikdagi namunalari ishlab chiqlib, ularni sohalar kesimida ixtisoslashtirilishi ta'minlandi. Bu esa tashkilotlar tomonidan hujjat loyihasini yaratish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish hamda loyiha sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Vazirlik tomonidan sohaga innovatsiyalarni jalb etish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Andijon viloyatining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borilmoqda


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Qo'rg'ontepa va Asaka tumanlarida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, masjid va qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Asaka tumanidagi "Niyozbotir" va “Yangi Obod” mahallalarida va Qo'rg'ontepa tumanining "Jannatbuloq" mahallalarida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, fuqarolik pasportini olish, tadbirkorlik uchun yer maydonini ajratish va shu kabi turli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish choralarini ko'rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sud-ekspertiza sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev boshchiligida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, advokatlar va sud-ekspertiza sohasidagi boshqa mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda mas'ullarga sud-ekspertiza sohasida qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilinishi kutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.


Shuningdek, uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar boʻyicha mutaxassislarning fikr-mulohaza va takliflari tinglanib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_viloyati

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yo'lga qo'yilgan “Biz mahalladamiz” loyihasi asosida Uychi tumani “Toshloq” mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolari hal etildi.

Batafsil yuqoridagi 👆video orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari Surxondaryo viloyatida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi
.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo'ldi.

Xizmat safari davomida Termiz shahrida adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY bo'limi va Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek aholiga huquqiy yordam ko'rsatish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM