ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida anjuman bo‘lib o‘tdi.


Anjuman intellektual mulk sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ixtirochilar, ijodkorlar va mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish, huquqiy me’yorlarni yangi zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan ishchi jarayonlar doirasida tashkil etildi.


Bu yilgi tadbir - "Intellektual mulk va musiqa: Intellektual mulk ritmini his eting!" shiori ostida bo‘lib o‘tdi. U musiqaning jamiyat taraqqiyotidagi roli, uning huquqiy muhofazasi va iqtisodiy qiymatini yanada yoritishga qaratildi.

Tadbirda raqamli texnologiyalar davrida intellektual mulk huquqini himoya qilish va sohadagi institutsional asoslarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy qadamlar muhokama qilindi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti va "Intellektual mulk markazi" o‘rtasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha Bitim imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

🌳Qishloq xo'jaligi - 1 526 ta.
🚘Transport - 1 365 ta.
👮‍♀️Yo'l harakati xavfsizligi - 335 ta.
🏛Bank sohasi - 680 ta.


🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 16 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

📌 http://t.me/tstb_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🏆 Yilning “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” aniqlandi.

Joriy yilning 2–3-may kunlari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ilk marotaba oʻtkazilgan tanlovda respublika boʻyicha 10 mingga yaqin "Davlat va huquq asoslari" fani oʻqituvchilari qatnashdi.

Respublika bosqichida ishtirok etgan 42 nafar o‘qituvchidan 3 nafari koʻrik tanlov g'olibi, 6 nafari esa “Eng yaxshi notiq” va “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🥇1-oʻrin – Odilova Dilobar Xolmamatovna (Samarqand viloyati, Jomboy tumani 28-maktab oʻqituvchisi) — I darajali diplom va 30 mln soʻm pul mukofoti;
🥈2-oʻrin – Norova Mehriniso Sheraliyevna (Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani 1-maktab oʻqituvchisi) — II darajali diplom va 20 mln soʻm pul mukofoti;
🥉3-oʻrin – Baymuratov Azat Amangeldi uli (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shumanay tumani 16-maktab oʻqituvchisi) — III darajali diplom va 10 mln soʻm pul mukofoti.

Mazkur ko‘rik-tanlov Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 532-son qarori asosida tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND YANGILIKLARI  | "YURIDIK YORDAM" AXBOROT TIZIMI: YUTUQ VA MUAMMOLAR

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣GULISTON SHAHAR DEHQON BOZORIDA TARG'IBOT

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar,soliq hamda Guliston shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida Guliston shahar dehqon bozorida tashkil etilgan tadbirda bozorlar faoliyatini qonuniy tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir davomida bozorlar va savdo komplekslarini amaldagi qonunchilik talablari va zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish, bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda undirilishi holati o‘rganilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

🔹Shuningdek, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida adliya xodimlari tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, 10 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot