ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣Avval xabar berganimizdek, Adliya vaziri o'rinbosari Navoiy viloyatida bo'lib turibdi.

🔹Kunning ikkinchi yarmida hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat boshqarmasida bo'lib o'tgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.

🔹Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilash, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.

🔹Umida Gulyamova 5 yildan buyon oilaviy korxona tashkil etib, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda. Tadbirkor qabulda tashqi reklama vositalari, 30 nafarga yaqin xotin-qizni ish bilan band qilganlik uchun qonunchilikdagi imtiyozdan foydalanish bo'yicha murojaat qildi. Tadbirkor faoliyati qonuniy tartibda o'rganilib, murojaatni qanoatlantirish uchun tegishli hujjatlar hozirlandi. Jarayonda tadbirkorga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Davlat tashkilotlarida qonuniylikni ta'minlash

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Unitar korxona (davlat unitar korxonasi) va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat rahbarlari diqqatiga!


👇🏻Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-415 son qaroriga asosan:

🔹unitar korxona (davlat unitar korxonasi) yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmasligi;

🔹faoliyat yuritayotgan unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilishi belgilangan.

❗️Shu munosabat bilan, unitar korxonani yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish choralarini koʻrishingiz soʻraladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣“Oson xizmat”

📹Davlat xizmatlari markazlarida aholiga yaratib berilgan imkoniyatlar, xizmat koʻrsatish sifati, qulayliklar haqida videorolik

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tanlov

📢Diqqat, e'lon!

"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi. Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va g'oliblari munosib taqdirlandi.

🏆“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining RESPUBLIKA bosqichi 2-3-may kunlari o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
📍1-shart blits savol-javoblar (maksimal 10 ball);
Bunda ishtirokchilar bittadan blits savollarga javob beradi. Eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar ishtirokchilar tanlovning 2-shartida qatnashadi.
📍2-shart taqdimot (maksimal 30 ball);
Eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritadilar.

📌ESLATIB O'TAMIZ
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


Kanalga ulanish:

👉@huquq_talimi
Forwarded from Anasxon Xamdamov
#adliya_aralashgach

📣Tadbirkorning manfaatlari sudda himoya qilindi


Adliya aralashuvi bilan "Xovos tuman yo‘llardan foydalanish" davlat muassasasi hisobidan "Narmax lider quruvchi" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 551 297 370 so‘m asosiy qarz, 5 000 000 so‘m penya, Respublika budjetiga 11 392 008 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

🔹Mazkur Qonunga asosan pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilanmoqda.

🔹Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi.

🔹Pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risida sms xabar yuboriladi.

🔹Ushbu Qonunning qabul qilinishi pensiya taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM