ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Huquqiy malakali kadrlar safi kengayadi

Bugun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat oliygoh va markaz oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish hamda uzoq muddatli, samarali, oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qolaversa birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda yaxshi niyat, oʻzaro hurmat hamda ishonch asosida umumiy qabul qilingan amaliyotdan kelib chiqqan holda maʼlumot almashish va taqdim etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil qilish, amaliyot yoki stajirovka uchun yoʻllash va qabul qilish boʻyicha hamkorlik qilish nazarda tutilgani eʼtirofga molik.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida bepul asosda safar-maʼruzalar oʻtkazish, shuningdek, universitet talabalari uchun markazga ekskursiyalar tashkil etiladi. Innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish esa oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Albatta, halol raqobat asoslangan va monopoliyadan holi, amaldagi qonunchilikka toʻla mos keladigan hamkorlik memorandumi malakali, huquqiy bilimi teran mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil boʻlib qoladi.

📌 Kanalga ulanish
Adliya vaziri Buloqboshi tumanida

Adliya vaziri Akbar Tashkulov tumanga tashrifini adliya boʻlimi tomonidan "Qumguzar" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Shuningdek, Adliya vaziri va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Andijon viloyatida Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Xususan, tashrif davomida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Buloqboshi tumanidagi qizil toifali “Mirzakalon Ismoiliy" mahallasida tashkil etilgan Huquq-tartibot maskaniga tashrif buyurildi hamda amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib o‘tildi hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mahalla yettiligi a'zolariga metodik yordam ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, adliya vaziri mahalla nuroniylari bilan ko'rishdi. Ular bilan jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar haqida suhbatlar olib borildi.

Shu bilan birga, tumandagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida uchrashuv tashkil etilib, maktab hududida face-id qurilmasi bilan ta'minlanganligi hamda o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish va boshqa masalalar bo'yicha suhbat o'tkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:

Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.


Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug'vor g'oyani so'zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

🔹Shu sababli, davlat xizmatlarini ko'rsatish – ular uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.

🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Facebook | Bot
Muallif huquqiga rioya qilmaslikning oqibati yoxud “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” qoʼshiqlari she’rlaridan ruxsatsiz foydalangan mashhur bastakor Shaxboz Nosirjonov jarimaga tortildi...

🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Abdussamiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkorlar Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shaxboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining
2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
#yangilik

Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat!🎉


📲“Huquq maktabi” mobil ilovasida yangi Abituriyentlar uchun testlar” bo‘limi ishga tushirildi.

📝Ushbu bo‘limdagi testlarni bajarish orqali foydalanuvchilar huquqiy bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Barcha testlar huquqiy manbalarga tayangan holda soha mutaxassislari tomonidan shakllantirilgan.

📲 Ilovani IOS va Android orqali yuklab oling va yangi imkoniyatlardan foydalanib bilimingizni mustahkamlang!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@centertsul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev sirdaryolik tadbirkorlarning muammolarini o‘rgandi

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning faoliyatida duch kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirkorlar qabulida ishtirok etib, sirdaryolik tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi.

Tadbir davomida qarzdorlikni undirish, kredit ajratish, soliq qonunchiligi, tender o‘tkazish kabi masalalarda murojaatlar qabul qilinib, ularning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
❗️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi
.

Batafsil: 👇👇👇
https://sudex.uz/?p=8246
Vazir o'rinbosari Nu'mon Muxammadiyev adliya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot tahlil, media va situatsion-tahliliy markazlar faoliyati, yoshlar balansi elektron dasturining imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida sohaviy nazorat samaradorligini ta`minlash, huquqiy kontentlar va media materiallarni sodda va xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng Guliston shahar adliya bo‘limining yangi binosi ko‘zdan kechirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlariga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📌 Kanalga ulanish