ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

MDH davlatlari adliya organlari tomonidan O'zbekistonda yo'lga qo'yilgan yuridik xizmat markazlari tajribasi bilan qiziqishmoqda


Joriy yilning 16-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmatlari sifatini oshirishda adliya organlarining roli” mavzusida onlayn formatda xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminarda MDHga aʼzo davlatlarning adliya vazirliklari vakillari yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida o'zaro fikr almashdilar.

Jumladan, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hududlarda tashkil qilingan yuridik xizmat markazlari va "Muvofiqlashtirishdan avtomatlashtirishga: yuridik xizmatlarni raqamlashtirishga yo‘l" mavzusida "E-huquqshunos" elektron tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi.

Xorijiy hamkasblarimiz tomonidan mazkur tizim orqali yaratilgan imkoniyatlar davlat tashkilotlarida qonuniylikni taminlashga katta hissa qo'shishini ta'kidladi.

📌 Kanalga ulanish
Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarga chiqqan holda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor tashkilotlar vakillariga va aholiga tushuntirish boʻyicha seminar-yigʻilishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida 2024-yil va 2025-yil yanvar-aprel oylarida tumanda 3 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, “Eʼtirof” axborot tizimiga jami 564 ta obyektlar kiritilgan. Shundan, 405 tasi muhokamada, 114 tasi eʼlonga chiqarilgan, 41 tasi adliya boshqarmasida xulosa berish jarayonida hamda 4 tasi boʻyicha ijobiy xulosalar berilib, eʼtirof etish boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 33 ta mahallada 8 762 ta ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan. Shundan, Qonun tatbiq etiladigan 1 531 tasi o‘rganib chiqish uchun muhokamaga chiqarilgan.

Mazkur Qonun kuchga kirgan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilinib, o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etish bo‘yicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishlarda xatlov oʻtkazish va xulosa berish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda muammolar muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
#xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligida Curtis xalqaro yuridik firmasining katta korporativ huquqshunosi Mark Hammerson
qabul qilindi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Mark Hammersonga soʻngi yillarda Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, 2024-yil 8-oktyabr kuni imzolangan Adliya vazirligi va Curtis oʻrtasida mavjud oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilayotgani, xususan, neft-gaz sanoati, qishloq xoʻjaligi, energetika sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, qayta tiklanadigan energiya manbalari ham faol rivojlanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bunday loyihalarni huquqiy qoʻllab-quvvatlashda xalqaro yuridik kompaniyalarning roli juda dolzarb boʻlib qolayotgani qayd etildi.

M.Hammerson, oʻz navbatida umumiy hisobda, shu davrgacha firma tomonidan neft-gaz, farmatsevtika, telekommunikatsiya va qurilish va boshqa sohalardagi sarmoyaviy bitimlar doirasida vujudga kelgan nizolar yuzasidan 40 dan ortiq mamlakatlar manfaatlari xalqaro arbitrajlarda himoya qilinganini va Oʻzbekiston bilan ushbu yoʻnalishlarda mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida M.Ikramov M.Hammersonni va butun Curtis xalqaro yuridik firmasining vakillarini 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga taklif etdi.

📌 Kanalga ulanish
Keyingi manzil Andijon tumani

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Andijon tuman adliya boʻlimi binosida tumandagi "Qurama" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Suhbat davomida adliya vaziri tomonidan mahalla yettiligi uchun 12 turdagi hujjat namunalari va qo'llanmalar tayyorlash bo'yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, vazir va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli ham o‘rganildi.

Xususan, adliya bo'limi binosida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Andijon tumanidagi qizil toifali “Sanoat” mahallasi mas'ul xodimlari ishtirokida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Huquqiy malakali kadrlar safi kengayadi

Bugun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat oliygoh va markaz oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish hamda uzoq muddatli, samarali, oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qolaversa birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda yaxshi niyat, oʻzaro hurmat hamda ishonch asosida umumiy qabul qilingan amaliyotdan kelib chiqqan holda maʼlumot almashish va taqdim etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil qilish, amaliyot yoki stajirovka uchun yoʻllash va qabul qilish boʻyicha hamkorlik qilish nazarda tutilgani eʼtirofga molik.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida bepul asosda safar-maʼruzalar oʻtkazish, shuningdek, universitet talabalari uchun markazga ekskursiyalar tashkil etiladi. Innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish esa oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Albatta, halol raqobat asoslangan va monopoliyadan holi, amaldagi qonunchilikka toʻla mos keladigan hamkorlik memorandumi malakali, huquqiy bilimi teran mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil boʻlib qoladi.

📌 Kanalga ulanish